From Wikipedia, the free encyclopedia
Anton Pavlovich Chexov nomidagi Yalta teatri — Yalta shahri Yekaterininskaya koʻchasida joylashgan teatr[1]. 2018-yildan Qrim Respublikasi Davlat akademik musiqali teatri boshqaruviga oʻtkazilgan.
Manzili | Qrim, Yalta, Yekaterininskaya ko‘chasi |
---|---|
Turi | Teatr |
Website | |
http://theatreyalta.com/ |
1883-yilda qurilgan 315 oʻrinli birinchi teatr binosi. Bino qurilgan paytda toʻliq yogʻochdan iborat boʻlgan. Teatr qurilishi faxriy fuqaro Foka Aronovich Begun mablagʻ ajratgan. Biroq, besh yillik hujjatlar shuni koʻrsatdiki, teatr zarariga ishlagan. Topilgan daromad xarajatlarni qoplamadi.
Bino 2 qavatdan iborat boʻlib keng zal, bilyard xonasi, kassa, 2 ovqat xonasi va auditoriyaga boʻlingan.
1888-yilda Semyon Novikov binoning egalik huquqini ijaraga oldi.
1900-yilda teatr hududida yongʻin sodir boʻldi va bino butunlay yonib ketdi.
1908-yilda 700 tomoshabinga moʻljallangan yangi teatr binosi qurildi.
1944-yilda teatr fashist bosqinchilari tomonidan yoqib yuborilgan. Yongʻin mahalliy aholi tomonidan oʻchirildi. Shu paytdan boshlab teatr Chexov nomini oldi.
1996-yilda teatrni yopish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
2008-yilda restavratsiya uchun pul ajratgan xayriyachi Aleksandr Lebedev tufayli teatr oʻz faoliyatini qayta boshladi.
2016-yil may oyida Anton Pavlovich Chexov nomidagi Yalta teatri sayyohlar eʼtiboriga molik joylar oʻrtasida oʻtkazilgan „Rossiya moʻjizalari“ Butunrossiya festival-tanlovida „tarixiy, meʼmoriy, diniy obidalar va muzeylar“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi[2].
Qrim Respublikasi Vazirlar Kengashining 2018-yil 23-avgustdagi buyrugʻi bilan teatr Qrim Respublikasi Davlat akademik musiqali teatri boshqaruviga oʻtkazildi[3].
Teatrni qayta tiklash va qayta qurish gʻoyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tegishli edi[4]. Qayta qurish Rossiyaning Milliy zaxira korporatsiyasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirildi.
2007-yil iyul oyida teatrni rekonstruksiya qilish boʻyicha qurilish ishlari boshlanganidan beri N. S. Rudnik teatr direktori lavozimiga tayinlandi[5].
2008-yil 14-martda rekonstruksiya qilingan teatrning ochilishi boʻlib oʻtdi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.