Anthony Mackie
From Wikipedia, the free encyclopedia
Anthony Mackie (talaffuzi: Entoni Meki; 23-sentyabr 1978-yilda tugʻilgan)[1][2][3] amerikalik aktyordir.
Anthony Mackie | |
---|---|
Mackie 2019 San Diego Comic-Conda | |
Tavalludi |
23-sentyabr 1978-yil (1978-09-23) (45 yosh) New Orleans, Louisiana, A.Q.Sh. |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Aktyor |
Faoliyat yillari | 2002-hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
Sheletta Chapital (turm. 2014; ajr. 2018) |
Bolalari | 4 |
Qarindoshlari | Calvin Mackie (akasi) |
Mackie Birinchi qasoskor: Qish askari (2014), Chumoli-odam (2015), Birinchi qasoskor: Qarshilik (2016), Qasoskorlar: Cheksizlik jangi (2018) va Qasoskorlar: Intiho (2019) kabilarni oʻz ichiga olgan superqahramon janridagi Marvel kinematografiya koinoti filmlari hamda Disney+ tomonidan efirga uzatilgan The Falcon and the Winter Soldier (2021) mini-serialida Sam Wilson / Lochin / Kapitan Amerika rolini jonlantirgan. Bu vaqt mobaynida u Detroit (2017) nomli jinoyat haqidagi filmda, The Hate U Give (2018) filmida, Synchronic (2019) nomli ilmiy-fantastik filmda va The Banker (2020) filmida ham rol o'ynagandir.
Mackie filmlardan yiroq bo'lgan chog'larida Broadway va Off-Broadway teatrlarida koʻplab rollarni ijro etgan, bularga Ma Rainey's Black Bottom, Drowning Crow, McReele, A Soldier's Play va Carl Hancock Ruxning Talk pyesalaridagi rollarini kiritish mumkin. U hatto 2002-yilda Obie mukofotiga loyiq topilgan. Keyinchalik, u HBO telekanali orqali efirga uzatilgan All the Way (2016) telefilmida Martin Luther King Jr. rolini, Netflix orqali uzatilgan Altered Carbon (2020) teleserialida esa Takeshi Kovacs rolini gavdalantirgan.