![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b2/Angelina_Jolie_by_Gage_Skidmore_3.jpg/640px-Angelina_Jolie_by_Gage_Skidmore_3.jpg&w=640&q=50)
Angelina Jolie
From Wikipedia, the free encyclopedia
Angelina Jolie[2] (talaffuzi: Anjelina Joli; tugʻilgan paytidagi ismi Angelina Jolie Voight (talaffuzi: Anjelina Joli Voyt); 4-iyun 1975-yilda tugʻilgan; keyinchalik, Angelina Jolie Pitt (talaffuzi: Anjelina Joli Pitt))[3] amerikalik aktrisa, rejissor, film produser va ssenariynavisdir. U koʻplab yutuqlarga, jumladan bir marta Oscar va uch marta Oltin globusga sazovor boʻlgan. Jolie Hollywoodning eng yuqori haq toʻlanadigan aktrisalaridan biridir.
Angelina Jolie | |
---|---|
![]() Jolie 2019-yilgi San Diego Comic-Con Internationalda | |
Tavalludi |
Angelina Jolie Voight 4-iyun 1975-yil (1975-06-04) (49 yosh) Los Anjeles, AQSh |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | |
Faoliyat yillari | 1982 – hozirgacha |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari | 6 |
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/9/90/Angelina_Jolie.jpg/320px-Angelina_Jolie.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/0/08/Angelina_Jolie_Cannes_2007.jpg/320px-Angelina_Jolie_Cannes_2007.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/2/20/Angelina_Jolie_Cannes_2011.jpg/170px-Angelina_Jolie_Cannes_2011.jpg)
![Thumb image](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/a/ad/Angelina_Jolie_2_June_2014_%28cropped%29.jpg/640px-Angelina_Jolie_2_June_2014_%28cropped%29.jpg)
Jolie aktrisa sifatida ilk marotaba otasi Jon Voight bilan birga in Lookinʼ to Get Out (1982) komedik filmida suratga tushgan. Bu filmdan oʻn yil oʻtib, Cyborg 2 (1993) filmida bosh rollardan birini ijro etdi. Keyin, Hackers (1995) filmida suratga tushdi. Uning George Wallace (1997) va Gia (1998) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan ijobiy baholandi. 1999-yilda Girl, Interrupted dramasidagi roli ortidan „Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni oldi. Joliening Lara Croft: Tomb Raider (2001) filmida jonlantirgan videooʻyin qahramoni boʻlmish Lara Croft roli uni Hollywood aktrisasi sifatida tanilishida muhim ahamiyat kasb etdi. U jangari janridagi filmlarda rol oʻynashni davom ettirib, Janob Smith & Smith xonim (2005), Wanted (2008), Salt (2010) va The Tourist (2010) filmlarida suratga tushdi. A Mighty Heart (2007) va Changeling (2008) filmlaridagi roli tanqidchilar tomonidan xush qarshilanib, filmlardan ikkinchisi unga „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarni olib keldi. Uning eng tijoriy muvaffaqiyat qozongan roli Maleficent (2014) filmi boʻldi. U oʻzini ovoz aktrisasi sifatida ham sinab koʻrdi, jumladan Kung Fu Panda (2008-hozirgacha) animatsion filmlar seriyasida Yoʻlbarsoy personajiga ovoz berdi. Jolie, shuningdek, bir nechta filmlarga rejissorlik va ssenariynavislik ham qildi, ular qatoriga In the Land of Blood and Honey (2011), Unbroken (2014) va First They Killed My Father (2017) ni kiritish mumkin.