From Wikipedia, the free encyclopedia
Androula Kristofidu Henrikes (yunoncha: Ανδρούλα Ενρίκες; 1936-yilda tugʻilgan) – odam savdosiga qarshi kurashuvchi kiprlik faol[1].
Androula Henrikes | |
---|---|
Henriques in 2010 | |
Tavalludi |
Androula Kristofidu Henrikes 1936 (yoshi 87–88) |
Fuqaroligi | Qibris |
Androula 1936-yilda Nikosiyada tugʻilgan[2]. Jenevada bolalar psixologiyasi boʻyicha tahsil olgan va Jeneva universitetida Jan Piaget qoʻl ostida ishlagan[3].
Odam savdosiga qarshi Cyprus Stop Trafficking tarmogʻini tashkil etgan. 2012-yildan 2018-yilda isteʼfoga chiqqunga qadar tashkilot prezidenti boʻlgan[4][5]. Shuningdek, Kipr hukumatini odam savdosini toʻxtatish uchun lobbi qilgan[6]. U tashkil qilgan tarmogʻi 2008-yilda Kiprda odam savdosiga qarshi konferentsiya uyushtirgan, unga Amerika Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqidan voizlar, shuningdek, politsiya, Vakillar palatasi, Bosh prokuratura, turk-kipr hamjamiyati, bir qancha nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, va koʻplab jurnalistlar hamfikrlik bildirgan[1]. Shuningdek, odam savdosi qurboni boʻlgan ayollarga oʻz uyida qolishlariga yordam berib, ularni jinsiy qul sifatida ushlab turganlarga qarshi sudda guvohlik berishga tayyorlanardi[1].
Androula portugaliyalik kishiga turmushga chiqqan va ikki farzandi bor. Umrini Shveysariya va Kipr oʻrtasida oʻtkazgan[2].
2010-yilda Xalqaro jasoratli ayollar mukofotiga sazovor boʻlgan[7][1]. 2012-yilda Fransiyaning Kiprdagi elchisi Jean-Luce Florent tomonidan Milliy xizmatlari uchun ordeni qoʻmondoni darajasiga tayinlangan[4].
1. Henriques, A. (1990). Experiments in teaching. In: Duckworth, E., Easley, J., Hawkins, D. and Henriques, A. (eds.). Science education: A mind's-on approach for the elementary years. Hillsdale, New Jersey: Lawrence Erlbaum Associates,141–186.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.