From Wikipedia, the free encyclopedia
Andromeda polifolia, umumiy nomi bogʻli bibariya, — Shimoliy yarim sharning shimoliy qismlarida oʻsuvchi Ericaceae oilasiga mansub gulli oʻsimlik turi. Bu tur Andromeda turkumining yagona vakili boʻlib, faqat sovuq torf toʻplanadigan joylarda botqoqlarda uchraydi.
Andromeda polifolia | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Oʻsimliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Asterids | |
Ericales | |
Ericaceae | |
Vaccinioideae | |
Andromedeae | |
Andromeda L. | |
Species: | A. polifolia |
Binomial name | |
Andromeda polifolia | |
Bu oʻsimlikning boʻyi 10–20 cm (4–8 in) gacha oʻsadi. Barglari doim yashil, navbatma-navbat joylashgan, lansetsimon, uzunligi 1–5 cm (1⁄2–2 in) kengligi 2–8 mm (0.08–0.31 in), tepasi toʻq yashil (qishda binafsha rangda) va osti oq. Gullari qoʻngʻiroq shaklida, oqdan pushti ranggacha, uzunligu 5–8 mm (0.20–0.31 in), gullash bahorning oxiri va yozning boshiga toʻgʻri keladi. Mevasi koʻplab urugʻlarni oʻz ichiga olgan kichik koʻsakdir.
Baʼzi botaniklar tomonidan alohida tur sifatida koʻrsatilgan ikkita alohida nav mavjud:
Bu turkumni Karl Linney 1732-yilda Laplandiyaga ekspeditsiyasi paytida kuzatgan va oʻsimlikni yunon mifologiyasidagi Andromeda bilan taqqoslagan[2][3]. „Bogʻli bibariya“ umumiy nomi barglarning bibariya barglariga oʻxshashligidan kelib chiqqan, bu turlarning genetik tuzilishi oʻzaro bogʻliq emas.
Andromeda carpatica ning koʻplab qazilma urugʻlari Novy Saks havzasi, Gʻarbiy Karpat, Polshadagi Oʻrta Miosen chuchuk suv konlarini burgʻilash paytida topilgan namunalardan olingan[4].
Bogʻda foydalanish uchun koʻplab navlar ishlab chiqilgan, ularning barchasi soyada nam kislotali tuproqda yaxshi oʻsadi. „Compacta“[5] va „Macrophylla“[6] navlari Qirollik bogʻdorchilik jamiyatining Bogʻdagi xizmatlari uchun mukofotiga sazovor boʻlgan. Ericaceae oilasining boshqa aʼzolari singari, ular kislotali tuproqni yaxshi koʻradigan oʻsimliklardir (kaltsifuglar) va past pH boʻlgan muhitda oʻstirilishi kerak.
Bogʻli bibariya tarkibida grayanotoksin mavjud boʻlib, u isteʼmol qilinganda nafas olish bilan bogʻliq muammolarini, bosh aylanishi, qusish yoki diareyaga sabab boʻlishi mumkin[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.