![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/2/26/Android_Cupcake_home_screen.jpg&w=640&q=50)
Android Cupcake
From Wikipedia, the free encyclopedia
Android Cupcake — Google tomonidan ishlab chiqilgan Android operatsion tizimining uchinchi versiyasi boʻlib, Android 1.1ning oʻrinbosari hisoblanadi. Versiya 2009-yil 27-aprelda ommaga taqdim qilindi va 2009-yil 15-sentabrda Android Donut versiyasi chiqqunga qadar eʼtibor markazida boʻldi.
Android Cupcake | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
Ishlab chiquvchi | |
Ilk e’lon qilinishi | 27-aprel, 2009-yil (15 yil avval) (2009-04-27) |
Soʻnggi versiyasi | 1.5 |
So’nggi test versiyasi | 1.5 |
Paket menedjerlari | Google Play |
Yadro tipi | Monolitik (Linux) |
Oldingisi | Android 1.1 |
Keyingisi | Android 1.6 „Donut“ |
Android Cupcake HTC Dreamda taqdim etilgan jismoniy klaviaturadan voz kechib, virtual klaviaturani taqdim qildi. Cupcake operatsion tizimda oldindan oʻrnatilgan ilovalarning xususiyatlarini yaxshiladi; videolarni YouTubega toʻgʻridan toʻgʻri yuklash imkoni, xuddi shunday rasmlarni Picasaga, Gmailda umumiy harakatlarni qoʻllab-quvvatlash imkoni va yangi JavaScript mexanizmi, nusxalash, joylashtirish imkoniyatlari veb brauzerda yangilandi. Android Cupcake Androidning qandolatchilik mavzusidagi nomlash sxemasidan foydalangan birinchi yirik versiyasi boʻldi, ushbu nomlash sxemasi 2019-yilda Android 10 taqdim etilguncha davom etdi[1].
2010-yil iyul oyiga kelib Android Cupcakeʼda ishlaydigan qurilmalar soni Android operatsion tizimida ishlaydigan faol qurilmalarning chorak qismidan kamrogʻini tashkil etdi[2]. Keyingi oylarda foydalanuvchilarning Android Cupcakeʼni oʻrnatishlari koʻrsatkichi pasayishni boshladi, 2011-yil yanvariga kelib Android Cupcakeʼdan foydalanadigan qurilmalar 4,7 foizini tashkil etdi[3]. 2017-yil 30-iyunga kelib Google Cupcakeʼdagi Google Playni qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatdi[4].