britaniyalik matematik From Wikipedia, the free encyclopedia
Andrew Wiles (talaffuzi: Endryu Uayls) (1953-yil 11-aprelda tugʻilgan)[1] — angliyalik-amerikalik matematik. Sonlar nazariyasi boʻyicha ishlari bilan tanilgan. 1996-yil Wolf mukofotini olgan. Fermatning soʻnggi teoremasini isbotlab bergani uchun 2016-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan[2].
Andrew Wiles | |
---|---|
Tavalludi |
11-aprel 1953-yil Cambridge, Angliya |
Fuqaroligi | Angliya |
Sohasi | Matematika |
Institutlar | |
Akademik rahbarlari | John Coates |
Mashhur shogirdlari |
|
Mashhur ishlari |
Taniyama–Shimura gipotezasi isboti, shu bulan bir qatorda Fermatning soʻnggi teoremasi isboti Iwasawa teoreyasining asosiy gipotezasi isboti |
Mukofotlari |
|
Wiles 1974-yilda Oxford universitetining Merton kollejida bakalavr darajasini olgan[3] . 1975-yil yozida Cambridge universitetining Clare kollejida ilmiy faoliyatini boshlagan va u yerda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[4]. 1977-1980-yillarda Clare kollejida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan[5].
Wiles 1981-yil Princeton universitetida ishlay boshlagan[6]. 1985–86-yillarda Parisdagi Ilmiy tadqiqotlar milliy markazida hamda Oliy normal maktabda ishlagan. 1988–90-yillarda Oxford universitetida ishlagan, soʻngra Princetonga qaytgan va u yerda 2009-yilgacha ishlagan. 2011-yilda yana Oxfordga qaytgan[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.