![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/bd/Uzbekistan_location_map.svg/languz-640px-Uzbekistan_location_map.svg.png&w=640&q=50)
Andijon zilzilasi (1902)
From Wikipedia, the free encyclopedia
Andijon zilzilasi — Oʻrta Osiyoda sodir boʻlgan kuchli zilzilalardan biri. 1902-yil 16-dekabr (eski hisob boʻyicha 3-dekabr) soat 10da roʻy bergan. Bu zilziladan Andijon shahri va uning atrofidagi qishloqlar katta talafot koʻrgan. Yer ketma-ket uch marta silkinib, birinchisi 8 — 9 ball, 1 — 1,5 minutdan soʻng ikkinchisi 9 balldan ortiq va yana 30 minut oʻtgach, uchinchisi 8 — 9 ball boʻldi. 50 ming kishi yashaydigan Andijon shahri bilan atrof qishloqlarda koʻp joylar vayronaga aylandi. Zilzilada 4652 kishi nobud boʻldi. Zilzila natijasida Andijondan 5 — 6 chaqirim narigacha boʻlgan temir yoʻl izlari egilib qoldi. Andijon stansiyasidagi parovoz va poyezd vagonlari izlaridan chetga surib tashlandi. 16-dekabrdan soʻng ham bir necha oy davomida Andijonda yer qimirlab turdi. Zilzila oqibatida Andijon va uning atrofida eni 10 sm gacha bir necha yoriqlar paydo boʻldi. Ayrim yerlarda yer sathi 70 sm gacha choʻqdi. Andijon zilzilasi Janubiy Fargʻona flek-surasi — uzilish chizigʻi boʻylab sodir boʻlgan. Zilzila markazi Qorayorda (40,7° sh.k. 72,2° shq.u.da) joylashgan.
Andijon zilzilasi | |
---|---|
Sana va vaqti | 16-dekabr, 1902-yil(1902-12-16) |
Miqdori | 8,9 Mw |
Taʼsir doirasidagi davlatlar (hududlar) |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Talofatlar | 4652 kishi halok boʻlgan. |
Zilzilaga qadar shaharning yangi qismida 123 ta, eski qismida 10.000 ta xususiy uylar mavjud boʻlib, ularda 50000 nafar aholi yashagan. Zilzila natijasida eski shahar qismida 9622 ta, yangi shahar qismida esa 123 ta uy vayron boʻldi. Halok boʻlganlarning 433 tasi bolalar edi.