Anbor jangi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Anbor jangi (arab. معركة الأنبار) Xolid ibn Valid qoʻmondonligi ostidagi musulmon arab qoʻshini bilan Sosoniylar imperiyasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan. Jang qadimgi Bobil shahridan 80 mil uzoqlikda joylashgan Anbor da roʻy bergan. Xolid mustahkam devorlarga ega boʻlgan shahar qal’asida sosoniy forslarni qamal qilgan. Qamalda koʻplab musulmon kamonchi lar qatnashgan. Fors gubernatori Sherzod oxir-oqibat taslim boʻlgan va unga nafaqaga chiqishga ruxsat berilgan. Anbor jangi koʻpincha „Koʻz harakati“ sifatida tilga olinadi, chunki jangda musulmon kamonchilar Fors garnizonining „koʻzlarini“ nishonga olishlari kerakligi aytilgan[1]