From Wikipedia, the free encyclopedia
Anaika Soti — hind aktrisasi va hind modeli. U asosan Tamil filmlarida va bir nechta telugu va hind filmlarida suratga tushadi.
Rejissor Ram Gopal Varma liftda ketayotganida uni koʻrib qoldi va uni jozibali va oʻziga tortuvchi deb topdi va Sotini unchalik qiziqtirmagan oʻzining filmlarida suratga tushishini taklif qildi. R.G.Varma uni koʻp ishontirdi va unga kelajakdagi tashabbuslaridan biridagi rolni taklif qildi.[1] Keyinchalik u Mumbaydagi jinoyat olamiga asoslangan hind va telugu tillarida suratga olingan ikki tilli Satya 2 (2013) jinoyat filmida rol oʻynash uchun hujjat imzo chekdi.[2][3]
Uning ikkinchi yorqin chiqishi Vasanthabalan Siddharthning, mashxur aktyorlar Prithviraj va Vedhika bilan birga rol oʻynagan Kaaviya Thalaivan tamil fantastik filmi edi. U Satya 2 ustida ishlayotganida u filmga ham imzo chekdi va keyinchalik Tamilnad qishloqlarida olinuvchi film uchun u yerda suratga tushdi, u qahramon xarakteriga kirish uchun malika kabi harakatlar qilish ustida ishlaganini aytib beradi.[4] Film ham, Zamindarning qizi obrazi ham ommaga taqdim etilgandan soʻng ijobiy baholarga sazovor boʻldi.[5][6] Keyinchalik Anaika Soti Ram Gopal Varma bilan yana Telugudagi 365 day buissines uchun hamkorlik qildi va bu uning hozirgi kungacha eng muhim roli ekanligini taʼkidlaydi.[7] Anaika Sotiga 2015-yilda Kaaviya Thalaivan 62nd Filmfare Awards South mukofotida "Eng yahshi ikkinchi darajali aktrisa sifatida" nominatsiyasi berilgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.