![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b8/Caucasus_1405_map_de_alt.svg/languz-640px-Caucasus_1405_map_de_alt.svg.png&w=640&q=50)
Amir Temurning Gruziyaga bosqini
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amir Temurning Gruziyaga bosqini – Amir Temur boshchiligidagi Temuriylar imperiyasining Gruziya qirolligi hududiga 1386-1403-yillarda olib borilgan qator bosqini.
Amir Temurning Gruziyaga bosqini | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Toʻxtamish-Amir Temur urushi | |||||||
![]() | |||||||
| |||||||
Raqiblar | |||||||
![]() |
![]() | ||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Amir Temur | Bagrat V | ||||||
Kuchlar | |||||||
200,000 | 50,000 |
Kavkazdagi nasroniylar qirolligi boʻlgan Gruziya 1386-1403-yillarda Amir Temur qoʻshinlari tomonidan bir nechta halokatli bosqinlarga uchradi, Temuriylar imperiyasi hududi Hindistondan Onadoʻligacha yetdi. Ushbu toʻqnashuvlar Amir Temur va Oltin Oʻrdaning soʻnggi xoni va Temurning islom dunyosini boshqarish uchun asosiy raqiblaridan biri boʻlgan Toʻxtamish oʻrtasidagi urushlar bilan chambarchas bogʻliq edi. Temur oʻzining bosqinlarini mintaqadagi musulmon boʻlmaganlarga qarshi jihod deb eʼlon qildi. Garchi u Gruziyaga bostirib kirsa-da, u hech qachon mamlakatni musulmon qila olmadi va hatto Gruziyani nasroniy davlati sifatida tan oldi.
Sakkiz bosqining birinchisida Amir Temur Gruziya poytaxti Tbilisini qamal qildi va 1386-yilda qirol Bagrat V ni qoʻlga oldi. Gruziya qarshiligi Temuriylar qoʻshinlari tomonidan yangi hujum uyushtirilishiga sabab boʻldi. Bagratning oʻgʻli va vorisi George VII qattiq qarshilik koʻrsatdi va hukmronligining koʻp qismini (1395-1405) temuriylar bosqiniga qarshi kurashishga sarfladi. Amir Temur bosqinlarning aksariyatini Gruziya monarxini boʻysundirish uchun shaxsan oʻzi boshqargan. Garchi u Gruziya ustidan qatʼiy nazorat o'rnatolmagan boʻlsa-da, mamlakat hech qachon tiklana olmaydigan zarbani oldi. George VII Amir Temurning tinchlik shartlari va oʻlpon toʻlashga rozi boʻlgan vaqtga kelib, Gruziyaning koʻplab shahar, qishloqlari vayron boʻlgan edi[1].