Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Qoʻshma Shtatlar havo kuchlari — Amerika Qoʻshma Shtatlari Qurolli Kuchlarining boʻlinmalaridan biri hisoblanadi. Xodimlar soni va samolyotlar soni boʻyicha ular dunyodagi eng katta havo kuchlari hisoblanadi. Harbiylarning quyi boʻgʻinlari qatoriga strategik raketa kuchlari, harbiy kosmik kuchlar, havo va raketaga qarshi mudofaa kuchlari, maxsus kuchlarni oʻz tarkibiga oladi.
2007-yil 30-sentabr holatiga muvofiq, Amerika Qoʻshma Shtatlari harbiy-havo kuchlarida 328,6 ming kishi faol xizmat koʻrsatgan. Bundan tashqari, 117 497 kishi zaxirada, 106,7 ming kishi esa Milliy gvardiya havo kuchlarida boʻlgan . 4093 ta boshqariladigan samolyotlar,156 ga yaqin uchuvchisiz uchish apparatlari, 2130 ta havodan uchiriladigan qanotli raketalar, 450 ta qitʼalararo ballistik raketalar zaxirasiga ega[1].
Zamonaviy koʻrinishda AQSh Havo kuchlari Ikkinchi Jahon urushi tugaganidan koʻp oʻtmay, 1947-yil 18-sentyabrda tashkil topgan. Oʻsha paytgacha ular AQSh armiyasining bir qismi hisoblanar edi.