Amban
From Wikipedia, the free encyclopedia
Amban (manchu va mo'g'ul : Амбан Amban, Tibet : ཨམ་བན ་ am ben, Chinese 駐劄大臣, uyg'ur : ئامبان་ am ben) manjur tilidagi atama boʻlib, “oliy amaldor” degan maʼnoni anglatadi, Sin imperatorlik hukumatidagi bir qator rasmiy unvonlarga mos keladi. Masalan, Buyuk Kengash a'zolari manjur tilida Coohai nashūn-i amban, Sin general-gubernatorlari esa Uheri kadalara amban deb atalar edi.).
Amban soʻzi xitoy tiliga 昂邦 (ángbāng) deb tarjima qilingan.
Hozirgacha Tibet, Sinxay, Mo'g'uliston va Shinjon hududlari Sin Xitoyi tarikibiga kirgandan keyingi eng mashhur ambanlar Sin imperiyasi vakillari (Manjurcha: Seremšeme tehe amban ; Xitoycha Zhùzhá Dàchén ; Tibetcha: Ngang pai). Yuqoridagi hududlari SIn imperiyasi tarkibiga kiritilsa-da, ma'muriy viloyatlar sifatida boshqarilmagan, ko'plab mavjud boshqaruv institutlarini saqlab qolgan.
Sin imperatori vakillarini protektoratdagi (masalan, Britaniya Hindiston knyazlik shtati) Yevropa rezidenti (shuningdek, rezident komissarlar deb ham ataladi) bilan taqqoslash mumkin. Ambanlarning vakolatlari xuddi viloyat hokimlari kabi keng edi. Lekin bu ta'rif har bir amban uchun mos kelmaydi, balki ma'lum tarixiy sharoit taqozosi sifatida berilgan vakolatlar edi.