From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu al-Hasan Ali ibn Abdulloh ibn Jaʼfar al-Madiniy (778/161 — 849/234) — (arabcha: أبو الحسن علي بن عبد الله بن جعفر المديني) IX asrda yashagan sunniy islom olimi, hadis ilmining yirik namoyandasi[2]. Ahmad ibn Hanbal, Ibn Abu Shayba va Yahyo ibn Maʼin bilan bir qatorda, Ibn al-Madiniy koʻplab hadis mutaxassislari tomonidan ushbu sohadagi eng yirik toʻrt muallifdan biri deb eʼtirof etilgan[3].
Ali ibn al-Madiniy | |
---|---|
“Ali ibn al-Madiniy” ismining Arab xattotligida yozilgan shakli | |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 161-hijriy |
Vafoti | 234-hijriy |
Dini | Islom |
Era | Islomning oltin davri |
Hudud | Iroq |
Imom | ashariy[1] |
Ibn al-Madiniy milodiy 778 (161-hijriy) yilda Iroqning Basra shahrida kelib chiqishi madinalik boʻlgan oilada tugʻilgan[4]. Uning ustozlari orasida otasi Abdulloh ibn Jaʼfar, Hammad ibn Yazid, Hushaym, Sufyon ibn Uyayna va o‘z davrining boshqa olimlari bor edi. Ustozi Ibn Uyayna shogirdi Ibn al-Madiniydan koʻproq ilm oʻrganganini aytgan[2].
Ibn al-Madiniy hadis, jarh va taʼdil, roviylarning nuqsonlari, sanadlar, rivoyatlar zanjiri sohalarida ixtisoslashgan. U bu sohalardagi mahorati uchun ham zamondoshlari, ham shogirdlari, ham ustozlari tomonidan olqishlagan. O‘zidan oldingi olimlardan Abdurahmon ibn Mahdiy Ibn al-Madiniyni nabaviy hadislar bo‘yicha eng bilimdon kishi deb taʼriflagan[2].
Uning shogirdlari orasida o‘ziga xos taniqli muhaddislar uchraydi. Ular qatorida: Muhammad ibn Yahyo az-Zuhaliy, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Dovud Sulaymon ibn al-Ashʼas as-Sijistoniy va boshqalar. Zahabiy Ibn al-Madiniyni imom va hadis sohasida keyingi olimlarga namuna boʻlgan olim sifatida eʼtirof etgan.
Ibn al-Madiniy 849-yil iyun oyida (234-yil zul-qaʼda) Iroqning Samarro shahrida vafot etgan[2][4].
Navaviyning qayd etishicha, Ibn al-Madiniy 200 ga yaqin asar yozgan. Ulardan baʼzilari ilgari uchramagan yangi yoʻnalishlarda yozilgan[4].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.