From Wikipedia, the free encyclopedia
“Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari” — Sovet oʻzbek rejissori Latif Fayziyev va hind rejissori Umesh Mehraning[1] birinchi ishi (ikkinchi hamkorlikdagi ishi 1984-yilda suratga olingan "Muhabbat haqida afsona" filmidir.[2]
Ali bobo va qirq qaroqchi sarguzashtlari | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Latif Fayziyev, Umesh Mehra |
Ssenariynavis(lar) | Boris Saakov, Shanti Prakash Bakshi |
Bastakor(lar) | Raxul Dev Burman |
Studiya(lar) | Oʻzbekfilm |
Chiqarilgan sanasi | 1979 |
Davomiyligi |
130 min. (SSSR) 153 min. (Hindiston) |
Mamlakat | OʻzSSR |
Til | ruscha hindcha |
Mazkur film “Ming bir kecha” ertaklari asosida melodrama, komediya va myuzikl koʻrinishadagi ertakka asoslanib ishlangan. Filmning asosiy gʻoyasi bechorahol oʻtinchi Alibobo haqida boʻlib, u qaroqchilarning gʻorida mislsiz boylik topib oladi. Akasi Qosim esa ochkoʻzligi tufayli halok boʻladi.
Ushbu filmda bir qancha timsollar, lavhalar “Alibobo va 40 qaroqchilar” arab tili ertagida boʻlmagan joylari: Gulobod shahri aholisi va hukmdor va xalq oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlar, shaharda ichimlik suvi savdosi tufayli suv ta’minotidagi muammolar, bumerang va kabutarlardan xat tashuvchi sifatida foydalanish, Hindistonning chekka hududlarida fitna va saroy toʻntarilishi, poroxni portlovchi modda sifatida ishlatishi ifodalangan. Shahar hukmdori va qaroqchilar boshligʻining gʻarazli manfaatlari - bir kishining ikki xil qiyofada (ham Gulobod hukmdori, ham Abu Hasan) ochib beriladi.
Adabiyot manbalarida keltirilishicha, barcha voqealar jarayoni Eronda boʻlib oʻtadi, Marjona esa faqat joriya qiz boʻlib, asar yakunida Alibobo uyini qaroqchilardan qutqarib, oilaga singil sifatida qabul qilinadi.
Ushbu film Markaziy Osiyoning choʻl va me’moriy shahar manzaralari, hind qoʻshiqlari, raqslari va jang sahnalari bilan toʻldiriladi. Mazkur filmdagi voqealar SSSR hududida va Hindistonda suratga olingan. Suratga olish ishlarining 70 foizi asosan Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan. Asosiy syujetga boy sahnalar Buxoro, Toshkent va qoʻshni Dushanbeda suratga olinadi. Bosh rollarni turli millat vakillaridan tashkil topgan hind, rus, arman, oʻzbek, gruzin, turkman va qirgʻiz sovet kinosi yulduzlari ijro etgan.
Hindiston kino san’atida shakllangan an’anaga koʻra, sahna ortida hindistonlik qoʻshiqchilar Lata Mangeshkar va uning singlisi Asha Bhosle, shuningdek, taniqli hind kino aktyori va qoʻshiqchisi Kishore Kumar tomonidan qoʻshiqlar ijro etiladi. Filmning sovet talqinida 3 ta, hindchasida 5 ta qoʻshiq ijro etilgan.
№ | Nomi | Исполнители | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1. | „Jadugar Jadoo Kar Jayega“ | Кишор Кумар, Аша Бхосле | 5:25 |
2. | „Khatouba“ | Аша Бхосле | 6:29 |
3. | „Sare Shahar Mein“ | Лата Мангешкар, Аша Бхосле | 4:45 |
4. | „Aaja Sar-E-Bazar“ | Лата Мангешкар | 5:04 |
5. | „Qayamat“ | Лата Мангешкар | 5:21 |
(rassomlar ishi uchun mukofot)
Hindistonda ishlab chiqarilgani Sovet talqinidan 24 daqiqaga koʻproq. Hindchasida qaroqchilar sehrli gʻordan chiqib ketishi va ularning dasht boʻylab yugurishi bilan boshlanadi. Sovet talqinida ("Asrlar davomida saqlanib qolgan afsonalar, bizga olislardan kirib keladi...") muallif ovozi bilan boshlanadi, soʻng savdo karvoni choʻl boʻylab oʻtayotgan epizodga singib ketadi. Hind variantida koʻproq jang sahnalar va portlashlar mavjud.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.