From Wikipedia, the free encyclopedia
Algoritm — maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Kibernetika va matematikaning asosiy tushunchalaridan biri. Oʻrta asrlarda sanoqning oʻnli tizimi boʻyicha toʻrt arifmetik amal bajariladigan qoidani algoritm deb atashgan. "Bu qoidalarni matematikaga IX asrda al-Xorazmiy kiritgan. Yevropada bunday qoidalar uning tug'ilgan yurtiga nisbatan lotinchalashtirilgan (Algoritmus yoki Algorithmus shaklida „algorizm“ deyilgan), keyinchalik „algoritm“ga aylangan". Fanda „Yevklid algoritmi“, „Gʻiyosiddin Koshiy algoritmi“, „Laure algoritmi“, „Markov algoritmi“ deb ataluvchi algoritmlar maʼlum. Algoritm tushunchasi tobora kengayib borib, kibernetikaning nazariy va mantiqiy asosi hisoblangan algoritmlar nazariyasi paydo boʻldi. Oʻzbekistonda bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va hisoblash markazlarida algoritmdan foydalanish sohasida samarali ishlar olib borilmoqda. Masalan, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi „Kibernetika“ ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida, Oʻzbekistondagi barcha universitetlarda, Toshkent davlat texnika universitetida, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisod va statistika vazirligi qoshidagi Hisoblash markazi va boshqa muassasalarda olib borilayotgan ishlar bunga misol boʻla oladi[1].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.