![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/4/42/Alex_Rodrigo_Dias_da_Costa.jpg/640px-Alex_Rodrigo_Dias_da_Costa.jpg&w=640&q=50)
Alex (futbolchi)
braziliyalik sobiq professional futbolchi / From Wikipedia, the free encyclopedia
Alex Rodrigo Dias da Costa (1982-yil 17-iyun, Braziliya) Alex ismi bilan tanilgan markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan sobiq braziliyalik futbolchi. U oʻzining jismoniy kuchi va zarbasi bilan tanilgan himoyachi boʻlib, yaqinlari uni „Tank“[2] va Canhao da Vila („Vila Belmiro toʻpi“) laqablari bilan chaqirishgan[3].
![]() Alex 2010-yilda Chelsea klubi tarkibida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alex Rodrigo Dias da Costa[1] | ||
Tavallud sanasi | 17-iyun 1982-yil (1982-06-17) (42 yosh) | ||
Tavallud joyi | Niterói, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Markaziy himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000-2001 | Juventus (SP) | ||
2002 | Santos | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002-2004 | Santos | 78 | (14) |
2004-2012 | Chelsea | 86 | (7) |
2004-2007 | → PSV (ijara) | 84 | (11) |
2012-2014 | PSG | 70 | (6) |
2014-2016 | A.C. Milan | 46 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2003-2004 | Braziliya U23 | 13 | (2) |
2002-2011 | Braziliya | 17 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
2004-yilda Premer-liganing Chelsea klubi tomonidan sotib olingan Alex Gollandiyaning PSV jamoasiga ijaraga berildi va ular bilan 3 marotaba Eredivizion chempionligini qoʻlga kiritdi. U PSVdagi uch yillik faoliyatidan soʻng 2007-yilning yozida „Chelsea“ klubi tarkibiga kelib qoʻshiladi[4]. Chelseadagi faoliyati davomida u 2009-yilda Angliya kubogi va 2010-yilda liga va Angliya kubogi dublini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 2008-yilda UEFA Chempionlar ligasi finaliga qadar borishga erishdi. U 2012-yilning yanvarida 4,2 million funt sterling evaziga PSG tarkibiga kelib qoʻshiladi va klub bilan ikki marta Liga 1 g‘olibligini qoʻlga kiritadi. 2014-yilda amaldagi shartnoma tugaganidan soʻng Italiyaning Milan jamoasiga qoʻshiladi va ikki yildan soʻng faoliyatini yakunlaydi.
Alex 2003- va 2008-yillar oraligʻida Braziliya terma jamoasi safida 17 ta oʻyin oʻtkazadi. Ushbu yillar davomida futbolchi jamoa bilan birgalikda 2007-yilgi Amerika Kubogida gʻolib chiqdi va 2003 yilgi KONKAKAF Oltin Kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi.