From Wikipedia, the free encyclopedia
Aleksandr Mejia Sabalza (ispancha: Alexander Mejía Sabalsa; 1988-yil 11-iyul, Barranquilla) — kolumbiyalik professional futbolchi, Atletiko Nasional klubida yarim himoyachi sifatida to‘p suradi. Kolumbiya terma jamoasida ham o‘ynagan.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mejia dastlab “Deportes Quindio” klubi futbol akademiyasida tajribali futbol murabbiylaridan ta‘lim oladi. 2005-yil Mustang kubogi doirasida o‘tkazilgan bahsda jamoa safida debyut qiladi. 2008-yil 26-aprelda Independiente Medellinga qarshi o‘yinda Mejia klubi Quindio uchun o‘zining birinchi golini uradi[1]. 2011-yilda Mejia One Caldas klubiga ijara asosida o‘tadi. 6-fevral kuni Mejia Chikoga qarshi o‘yinda yangi jamoasi safida debyut qiladi[2].
2012-yilda Aleksandr “Atletiko Nasional”ga o‘tadi. 11-fevral kuni Boyaca Chikoga qarshi uchrashuvda u yangi jamoasi safida debyut qiladi[3]. Birinchi mavsumidayoq Mejía klubga Kolumbiya kubogini yutishda yordam beradi va 2013-yilda Apertura va Klausura chempioni bo‘ladi.
2015-yil boshida Aleksandr Meksikaning Monterreyi klubiga transfer qilinadi. 12-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Leones Negrosga qarshi o‘yinda u Meksika Primerasida debyut qiladi[4]. O‘sha yilning yozida Mejia “Atletiko Nasional”ga ijara asosida qaytadi. 2016-yilda u Atletiko Nasional bilan Libertadores kubogini qo‘lga kiritadi. O‘sha yilning yozida Mejia Leon safiga kelib qo‘shiladi. 7-avgust kuni o‘zining sobiq jamoasi Monterreyga qarshi o‘yinda u Leon safida debyut qiladi[5]. 29-sentyabr kuni Meksika kubogi doirasida Toluka bilan kechgan o‘yinda Aleksandr Leon uchun o‘zining dastlabki golini uradi[6].
2012-yilning 4-aprelida Peruga qarshi JCh-2014 saralash bahsida Mejia Kolumbiya milliy futbol terma jamoasi safida o‘zining dastlabki o‘yinini o‘tkazadi[7].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.