Alan Walker
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alan Olav Walker (1997-yil 24-avgustda tugʻilgan) – britaniyalik-norvegiyalik DJ, YouTuber va ovoz yozish prodyuseri, 14 mamlakatda platina sertifikatiga ega boʻlgan, ommaboplashib ketgan „Faded“ (2015) qoʻshigʻi bilan tanilgan. Shuningdek uning YouTubeʼda „Sing Me to Sleep“, „Alone“, „Darkside“ va „On My Way“ kabi bir qancha qoʻshiqlari millionlab koʻrishlarni qoʻlga kiritgan.
Alan Olav Uoker | |
---|---|
2016-yilda Uoker | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi | 24-avgust 1997 |
Fuqaroligi | Bergen, Norvegiya |
Janr | trap, elektro, elektropop, future bass |
Faoliyat yillari | 2012-hozirgacha |
Veb-sayt | alanwalker.com |
2017-yil boshida Walkerning kanali Norvegiyada roʻyxatga olingan eng koʻp obunachi toʻplagan YouTube kanali sifatida paydo boʻldi, 2024-yil aprel holatiga koʻra u 45,3 million obunachiga ega. Shuningdek, u norvegiyalik ijodkorlar orasida YouTube tarmogʻidagi koʻrishlar soni boʻyicha yuqori oʻrinlarda turadi va 2024-yil 27-aprel holatiga koʻra jami taxminan 13,9 milliard koʻrishlar soniga ega.