![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/fb/Furulundsparken.jpg/640px-Furulundsparken.jpg&w=640&q=50)
Alafors
From Wikipedia, the free encyclopedia
Alafors – Shvetsiya Västra Götaland okrugidagi shahar, Ale munitsipaliteti markazi. Bugungi kunda u Nödinge-Nolning bir qismi hisoblanadi. Shahar Gothenburgdan taxminan 30 km shimoliga va Göta älv daryosining sharqiy sohilidan taxminan 1 km uzoqlikda E45 yoʻli boʻyida joylashgan.
Alafors | |
---|---|
shahar | |
![]() | |
57°55′30″N 12°5′13″E | |
Mamlakat | Shvetsiya |
Provinsiya | Västergötland |
Okrug | Västra Götaland okrugi |
Munitsipalitet | Ale munitsipaliteti |
Aholisi (2010) |
1 520 |
Vaqt mintaqasi | UTC+1, yozda UTC+2 |
1970-yilda shaharga temir yoʻl shaharchasi Nol va 1990-yilda Nödinge shahri qoʻshiladi, bugungi shahar Nödinge-Nol tashkil etishgan. Alaforsda Ale munitsipaliteti binosi mavjud, uning fasadida Endre Nemes emal sanʼati namunasi mavjud. Shaharda oʻrta maktab, park, Ahlafors IF futbol klubi va changʻi uchish hududi mavjud[1]. Bu yerda 1966-yilda faoliyatni tugatgan sobiq toʻqimachilik fabrikasi joylashgan. Shved death metal guruhi Eructation 1988-yilda Alaforsda tashkil topgan[2].