Al-Mustakfiy
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abulqosim Abdulloh ibn Ali (arabcha: ; 908 — 949-yil sentyabr/oktyabr), al-Mustakfiy billoh hukmdorlik nomi bilan mashhur(arabcha: [1]), 944—946-yillarda hukmronlik qilgan Bagʻdoddagi Abbosiy xalifa.
al-Mustakfiy billoh المستكفي بالله | |||||
---|---|---|---|---|---|
Xalifa Moʻminlar amiri | |||||
al-Mustakfiyning kumush dirhami (945-yil) | |||||
Abbosiylar xalifaligining 22-xalifasi | |||||
Saltanat | 944-yil sentyabr — 946-yil 29-yanvar (yoki 9-mart) | ||||
Oʻtmishdoshi | al-Muttaqiy | ||||
Davomchisi | al-Mutiy | ||||
Tugʻilishi |
908-yil 11-noyabr Bagʻdod, Abbosiylar xalifaligi | ||||
Vafoti |
949-yil sentyabr Bagʻdod, Iroqdagi Buvayhiylar amirligi | ||||
Farzandlari | Muhammad ibn al-Mustakfiy | ||||
| |||||
Sulola | Abbosiylar | ||||
Otasi | al-Muktafiy | ||||
Onasi | Gʻusn | ||||
Dini | Islom (Sunniylik) |
Al-Mustakfiy xalifa al-Muktafiyning kenja oʻgʻli boʻlib, shuning uchun ham Abbosiylar xalifaligi deyarli qulab, xalifalr oʻzaro raqib sarkardalar qoʻlidagi qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgan davr, 908—944-yillarda hukmronlik qilgan xalifa al-Muqtadir avlodiga raqib boʻlgan. Al-Mustakfiyni taxtga avvalgi xalifa al-Muttaqiyni taxtdan ag‘darib, ko‘r qilgan turk sarkardasi Tuzun chiqargan. Al-Mustakfiy 945-yil avgustida Tuzunning oʻlimidan soʻng paydo boʻlgan hokimiyat boʻshligʻi sharoitida shialarga qarshi choralar koʻrib, harakat erkinligining bir qismini qayta tiklashga harakat qilgan. Biroq xuddi shu boʻshliq buvayhiylarga Bagʻdodni egallash imkonini bergan. Al-Mustakfiy buvayhiylarni qonuniy hukmdorlar deb tan olib, ularga shohlik unvonlarini berishga majbur boʻlgan. Biroq, tez orada ularga qarshi fitna uyushtirganlikda ayblanib, 946-yilning yanvarida (yoki martida) taxtdan chetlatilgan. Hayotining soʻnggi yillarini qamoqda oʻtkazgan. Oʻgʻlining tax. 968-yilda xalifalikka daʼvo qilish uchun urinishi muvafaqqiyatsiz yakunlangan.