From Wikipedia, the free encyclopedia
Akvarel (frans. aquarelle, asli lotincha aqua — suv) — rassomlik sanʼatida ishlatiladigan boʻyoq (suvda oson eriydi) va shu boʻyoq bilan bajarilgan rang-tasvir asari. Akvarelning oʻziga xos xususiyati boʻyoqning tiniq, rangning sofligidir, rang-tasvirida oq boʻyoq ishlatilmaydi- oq qogʻoz boʻyoq vazifasini bajaradi, boʻyogʻi qogʻoz sirtiga yupqa qatlam boʻlib yotadi, bu qatlam nurni yaxshi oʻtkazadi. Shuning uchun rang-tasviri yuzasi silliq boʻlmagan oq qogʻozga ishlanadi, boʻyogʻida rasm ishlanganda rangsurtmalar, rang qatlamlari xususiyati hisobga olinishi kerak, qadimdan maʼlum boʻlgan. 15-asrda nemis rassomi Dyurer akvarelda ajoyib asarlar yaratgan. 17-18-asrlarda Yevropada keng tarqaldi. 18-19-asr boshlaridan jadal rivojlandi, uslub va usullari ishlab chiqildi. Angliya (U. Terner, R. Bonington va boshqalar), Fransiya (O. Dome, E. Delakrua va boshqalar), Rossiya (K. Bryullov, I. Repin, V. Serov, M. Vrubel va boshqalar) da sanʼatining ajoyib namunalari yaratildi. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida rang-tasviri 20-asr 20-yillaridan rivojlana boshlagan. A. Nikolayev (Usta Moʻmin), G. Nikitin, B. Hamdamiy, Oʻ. Tansiqboyev, V. Kaydalov va boshqa rassomlar oʻz akvarel asarlari bilan oʻzbek akvarel sanʼati rivojiga munosib hissa qoʻshdilar. Oʻzbekiston rassomlaridan M. Sodiqov, T. Muhamedov, F. Boymatov, V. Apuxtin va boshqa ijodida akvarel rivojlanmoqda.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.