Ajdar oʻrgatuvchilar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ajdar oʻrgatuvchilar (inglizcha: How to Train Your Dragon; asl tarjimasi: Ajdaringizni qanday tarbiyalash kerak) 2010-yili chiqarilgan jangari-fantaziya janridagi kompyuter-animatsion filmdir. DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlangan va Paramount Pictures tomonidan tarqatilgan. Film gʻoyasi Cressida Cowellning 2003-yilda yozilgan shu nomli kitobiga asoslangan. Filmga ovoz bergan aktyorlar sirasiga Jay Baruchel, Gerard Butler, Craig Ferguson, America Ferrera, Jonah Hill, Christopher Mintz-Plasse, T.J. Miller va Kristen Wiig kirishadi.
Ajdar oʻrgatuvchilar | |
---|---|
How to Train Your Dragon | |
![]() Film posteri | |
Rejissyor(lar) |
|
Prodyuser(lar) | Bonnie Arnold |
Ssenariynavis(lar) |
|
Rollarda |
|
Bastakor(lar) | John Powell |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) | DreamWorks Animation |
Distribyutor | Paramount Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 98 daqiqa |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $165 million[1] |
Daromadi | $495,8 million[1] |
Keyingi film | Ajdar oʻrgatuvchilar 2 |
Film Oscar mukofotiga nomzod etilgan (Eng yaxshi animatsiya hamda Eng yaxshi soundtrack); biroq, tegishli toifalarda Oʻyinchoqlar tarixi 3 va Ijtimoiy tarmoq filmlariga yutqazgan.
Ajdar oʻrgatuvchilar filmi afsonaviy Viking olamida sodir boʻladigan voqeani hikoya qiladi. Film 2010-yil 26-martda[2] ekranlarda namoyish etila boshlandi. Uning keltirgan daromadi $500 millionga yaqinlashib, DreamWorks Animationʼning beshinchi eng omadli filmi boʻldi (4 ta Shrek filmlaridan keyin). Ajdar oʻrgatuvchilar kinotanqidchilar tomonidan juda xush qarshilandi, u 98% reyting bilan baholandi[3].
Film sikvellari — Ajdar oʻrgatuvchilar 2 va Ajdar oʻrgatuvchilar 3: Yashirin dunyo mos ravishda 2014 va 2019-yillarda chiqarilgan.