Kompyuterli animatsiya
From Wikipedia, the free encyclopedia
Kompyuterli animatsiya[1] kompyuterda yaratiladigan animatsiyadir. Kompyuterda yaratilgan tasvir (CGI) va kompyuterli animatsiya oʻrtasidagi farq shuki, CGI deganda ham statik, ham dinamik tasvirlar tushunilsa, kompyuterli animatsiya deganda faqat dinamik tasvirlar (harakatlanuvchi tasvirlar) tushuniladi. Zamonaviy kompyuterli animatsiyada uch oʻlchamli tasvirlarni yaratish uchun odatda 3D kompyuter grafikasi ishlatiladi.