From Wikipedia, the free encyclopedia
Air Bishkek" aviakompaniyasi (inglizcha: Air Bishkek, ruscha: Авиакомпания «Эйр Бишкек») Qirgʻizistonning aviakompaniyasi boʻlib, uning bosh qarorgohi Bishkekda joylashgan. Aviakompaniya Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga parvoz qilish taqiqlangan aviakompaniyalarning „qora roʻyxati“ga kiritilgan. „Air Bishkek“ xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (ICAO) aʼzosi hisoblanadi.
Kompaniyaning tarixi 2007 yil 7-fevralda boshlanadi. Aviakompaniya faoliyatining dastlabki yillarida samolyotlarini mahalliy aviakompaniyalarga ijaraga bergan. 2009- yil 14-sentyabrda Bishkek — Oʻsh — Bishkek yoʻnalishi ochildi.
Aviakompaniyalar qatnovi va transporti kundan kunga oshib bormoqda.
Ilgari aviakompaniya „Kyrgyz Airways“ deb nomlangan, ammo 2011-yilda u oʻz nomini oʻzgartirishga toʻgʻri keldi, chunki Qirgʻizistonda xuddi shunday nomga ega „ Qirgʻiz havo yoʻllari“ aviakompaniya boʻlgan[1].
Aviakompaniyaning „Sovgʻa bonusi“ dasturi amal qiladi, bu yerda yoʻlovchilar parvozlar uchun ball toʻplashlari va keyin ularni aviakompaniya xizmatlariga almashtirishlari mumkin[2].
Toʻliq rangli „Sky Bishkek“ jurnali nashr etiladi.
Aviakompaniya Bishkek va Oʻshdan Moskva, Novosibirsk, Krasnoyarsk, Irkutsk, Istanbul, Sankt-Peterburg, Urumchi, Surgut, Belgorod, Yekaterinburgga yoʻlovchilarni tashiydi.
Samolyot | soni | Oʻrindiqlar soni | Izohlar |
---|---|---|---|
Airbus A320 | 2 | 168 Ek; 168 Eq | |
Boeing 737 −300 | 1 | 148 Eq |
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.