From Wikipedia, the free encyclopedia
Afgʻoniston islom respublikasi (pushtucha: د افغانستان اسلامي جمهوریت, dariycha: جمهوری اسلامی افغانستان) – 2004-yil 26-yanvardan 2021-yil 15-avgustga qadar mavjud boʻlgan davlat. Aholisi – 32,226 mln kishi (2019)[5]. Hududi – 652 864 km². Poytaxti – Kobul shahri. Davlat tillari – pushtu, dariy. Unitar davlat, prezidentlik respublika. 2014-yil 29-sentabrda prezident lavozimiga Ashraf Gʻani Ahmadzay saylandi, u 2021-yil 15-avgustda Kobulni Tolibon kuchlari egallashi oqibatida isteʼfoga chiqdi. Muvaqqat hukumat rahbari vazifasini Ali Ahmad Jaloliy egalladi[6].
Afgʻoniston islom respublikasi | |||||
---|---|---|---|---|---|
dariycha: جمهوری اسلامی افغانستان [Jomhūrī-ye Eslāmī-ye Afġānistān] pushtucha: د افغانستان اسلامي جمهوریت [Da Afġānistān Islāmī Jomhoriyat] | |||||
Tarixiy davlat (2004—2021) Surgundagi hukumat (2021-yildan) | |||||
| |||||
Shior: „لا إله إلا الله محمد رسول الله Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Muhammad uning rasulidir“ | |||||
Madhiya: „Islom qalʼasi, Osiyo yuragi“ (2004—2006) dariycha: قلعه اسلام قلب اسیا [Qal’a-ye Islām, qalb-e Āsiyā]
Afgʻoniston davlat madhiyasi (2006—2021) pushtucha: ملی سرود [Millī Sūrud] | |||||
2004-yil 29-yanvar — 2021-yil 15-avgust
(de-fakto hozir surgunda) | |||||
Poytaxti | Kobul | ||||
Yirik shaharlari | Hirot, Kobul, Mozori Sharif, Qandahor | ||||
Til(lar)i | dariy va pushtu — rasmiy tillar[1]; oʻzbek, baluj, nuriston, pomir, pashai, turkman – hududiy tillar[2] | ||||
Dini | islom | ||||
Pul birligi | afgʻoni | ||||
Maydoni | 652 864 km² (2014)[3] | ||||
Aholisi | 39 864 082 kishi (2014) | ||||
Boshqaruv shakli | prezident boshqaruvidagi islomiy respublika | ||||
Davlat tuzumi | unitar davlat | ||||
YIM, XQQP | ▲ 83,370 mlrd AQSh dollari (2020) | ||||
YIM (nominal) | ▲ 19,938 mlrd AQSh dollari (2020) | ||||
IOTI | ▲ 0,511 (2020)[4] | ||||
Davlat boshqaruvchilari | |||||
Prezident | |||||
• 2004-yil 7-dekabr — 2014-yil 29-sentyabr | Hamid Karzay | ||||
• 2014-yil 29-sentyabr — 2021-yil 15-avgust | Ashraf Gʻani | ||||
Bosh vazir | |||||
• 2014–2020 | Abdulloh Abdulloh | ||||
Vitse prezident | |||||
• 2004–2009 | Ahmad Ziyo Masʼud | ||||
• 2004–2014 | Karim Haliliy | ||||
• 2009–2014 | Muhammad Fahim | ||||
• 2014-yil 31-mart–29-sentabr |
Yunus Qonuniy | ||||
• 2014–2020 | Abdul Rashid Doʻstum | ||||
• 2014–2021 | Sarvar Donish | ||||
• 2020–2021 | Amrulloh Solih | ||||
Gʻarbda Eron, janubi-sharqda Pokiston, shimolda Turkmaniston, Oʻzbekiston, Tojikiston bilan, sharqda Vahan korridori orqali Xitoy, Hindiston (toʻgʻrirogʻi Kashmirning Xitoy, Hindiston va Pokiston oʻrtasida bahsli hududi bilan) chegaradosh boʻlgan.
2021-yil 15-avgustda „Tolibon“ islomiy harakati Afgʻoniston hududida boshqaruvni oʻz qoʻliga oldi va Afgʻoniston islom respublikasini tugatdi.
2001-yil AQSh harbiylari tomonidan Tolibon hokimiyatining qulatilishi natijasida Afgʻoniston islom respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. 2001-yil dekabrda afgʻon siyosiy arboblarining Bonn konferensiyasida Hamid Karzay Afgʻoniston muvaqqat hukumati rahbari etib tayinlandi. 2002-yil iyunda Loya jirga uni mamlakatning muvaqqat prezidenti etib sayladi. 2004-yil Afgʻonistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va birinchi prezidentlik saylovi boʻlib oʻtdi, unda Hamid Karzay gʻalaba qozondi.
2009-yil 20-avgustda ikkinchi savlov boʻlib oʻtdi, unda ham Hamid Karzay prezident etib saylandi[7].
2014-yil davlat prezidentligiga Ashraf Gʻani saylandi.
Shunga qaramay, mamlakatda fuqarolar urushi avj oldi.
Thomson Reuters Foundation maʼlumotlariga koʻra 2019-yil Afgʻoniston islom respublikasi sogʻliqni saqlash, jinsiy zoʻravonlik masalalarida ayollar uchun eng xavfli davlatlar reytingida ikkinchi oʻrinni band etgan[8].
2021-yil 1-may kuni amerika harbiylarining mamlakatdan chiqib ketishi eʼlon qilingach, „Tolibon“ harakati jangarilari tomonidan Afgʻoniston hukumat kuchlariga qarshi faol hujum harakatlari boshlandi[9][10]. Afgʻoniston hukumati qoʻl ostidagi hududlarni yoʻqota boshladi[11][12][13][14][15][16][17][18][19][20]. Avgust oyining boshida Tolibon 200 ta tuman markazini (umumiy soni 417 ta) qoʻlga kiritgan boʻlsa, avgustning oʻrtalariga kelib Afgʻonistonning asosiy hududini va viloyat markazlarini egallab oldi[21][22][23][24][25][26][27][28][29][30].
2021-yil 15-avgust kuni „Tolibon“ harakati Afgʻoniston toʻliq oʻz nazoratiga oʻtganini eʼlon qildi[31]. Prezident Ashraf Gʻani isteʼfoga chiqishga rozi boʻldi[32]. Ashraf Gʻanidan keyin muvaqqat hukumat tuzilib, unga sobiq ichki ishlar vaziri Ali Ahmad Jaloliy rahbar boʻldi[33][34]. 17-avgustda Afgʻoniston vitse prezidenti mamlakatda ekanini aytib, oʻzini Afgʻoniston islom respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi sifatida eʼlon qildi, shuningdek, „Tolibon“ harakatiga qarshi kurashishda davom etishini bildirdi. Afgʻonistondagi Tolibon tomonidan egallanmagan yagona viloyat – Panjisherda Toliblarga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtmoqda[35][36][37].
Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy bayrogʻi 2004-yilda qabul qilingan boʻlib, vertikal tarzda aks etgan qora, qizil, yashil ranglardan iborat trikolordir. Uning markazida (asosan qizil chiziqda va qisman qora, yashil chiziqlarda) davlat gerbi tasviri tushirilgan. Bayroqdagi qora rang davlatning oʻtmishini — Buyuk Britaniya imperializmiga qarshi kurashini ifodalaydi, qizil — ozodlik uchun toʻkilgan qon ramzi, yashil esa — islom dinining anʼanaviy rangi. Bayroqning mutanosibligi — 7:10.
Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy gerbi (milliy tamgʻasi) mamlakat tashkil etilganidan beri mavjuddir. Unda boshoqlar bilan xoshiyalangan minbarli masjid tasvirlangan. Masjidning ikki tomonida ikkita Afgʻoniston islom respublikasi bayrogʻi ilingan holda tasvirlangan. Masjidning yuqori qismida nur sochib turgan quyosh, quyoshdan yuqorida kichikroq koʻrinishda takbir („Allah akbar“ oʻzbekcha: „Alloh buyukdir“) yozilgan, uning tepasida kalimai shahodat („La ilaha illallah, Muhammad rasulullah“ oʻzbekcha: „Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Muhammad uning elchisidir“) yozilgan. Masjidning pastki qismida hijriy 1298-yil (milodiy 1919-yil) — mamlakat mustaqillikni qoʻlga kiritgan yil yozilgan. Gerb tasviri shuningdek Afgʻoniston bayrogʻida ham mavjud.
Afgʻoniston islom respublikasining soʻnggi rasmiy madhiyasi 2006-yil qabul qilingandir. Madhiya matni pushtu tilida yozilgan. Matn ichida „Alloh buyukdir“ kalimasi mavjud va unda Afgʻonistonda yashovchi barcha millatlatlar sanab oʻtilgandir.
Mamlakat prezidenti bir vaqtning oʻzida Afgʻoniston Qurolli kuchlarining Oliy bosh qoʻmondon ham hisoblangan, hukumatni tuzgan. Ketma-ket ikki martadan ortiq lavozimda qolmaslik sharti bilan, toʻrt yillik muddatga umumxalq yashirin ovoz berish yoʻli orqali saylangan. 2009-yil prezidentlikka Hamid Karzay saylangan, 2014-yil esa saylov orqali prezidentlik lavozimini Ashraf Gʻani Ahmadzay egallagan. U 2018-yilgi saylovda qayta saylangan.
Hukumat rahbari prezident hisoblangan. U parlament tasdigʻi bilan vazirlar mahkamasi aʼzolarini tayinlagan. Hukumatda davlat budjeti boʻyicha amallar, qonun loyihalari, normativ, koʻrsatmalar tayyorlash va boshqa vakolatlar boʻlgan. Hukumat tarkibida 27 kishi ish olib borgan.
Afgʻonistonda qonun chiqaruvchi oliy organ Parlament hisoblanib, Majlisi milliy deb nomlanadi. U yuqori palata (Mishranu jirgʻa) va quyi palatadan (Volesi jirgʻa) iborat. Yuqori palata umumxalq yashirin saylov yoʻli bilan toʻrt yilga saylanuvchi 249 deputatdan iborat boʻlgan.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.