Aditi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Aditi - qadimgi hind diniy e’tiqodlariga ko‘ra, ma’budlarning onasi. Vedalarga ko‘ra, Vishnuning xotini. Ammo keyingi davr miflarida u Vishnuning onasi sifatida tilga olinadi. Aditining o‘g‘illari yilning 12 oyini boshqarib turuvchi ilohlardir. Ular - Ansha, Aryaman, Bxaga, Vivasvat, Daksha, Dxatar, Mitra, Indra, Savitar, Surya, Varuna va Yama[1].