Abu Hafs Kabir madrasasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abu Hafs Kabir madrasasi[1] (Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasasi[2], Abu Hafs al-Kabir madrasasi[3], Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy madrasasi[4]) — Ilk Buxoro madrasasi[5]. Buxorodagi eng qadimiy oliy oʻquv yurti[6][7]. Islom madaniyati tarixidagi birinchi tizimli madrasa deb ham eʼtirof etiladi[6][8]. 800—810-yillar oraligʻida asos solingan[6]. Oʻz zamonasida mashhur madrasalardan sanalgan[9][10][11][12][13]. Buxoroda ilmiy va diniy bilimlar rivojiga kata hissa qoʻshgan madrasa hisoblanadi[11]. Uning birinchi mudarrisi Movarounnahr fiqh maktabiga asos solgan alloma Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy (767–832) boʻlgan[4].
Abu Hafs Kabir madrasasi | |
---|---|
Abu Hafs Kabir madrasasi | |
Muqobil nomlari |
Abu Hafs Kabir Buxoriy madrasasi Abu Hafs al-Kabir madrasasi Abu Hafs al-Kabir al-Buxoriy madrasasi |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Saqlanib qolmagan |
Turi | Madrasa |
Shahar | Buxoro |
Qurilishi boshlangan | 800-yil |
Qurilishi tugagan | 810-yil |
Buzilgan sana | XX asr |
Rivoyat qilishlaricha, Imom Abu Hafs Kabir Buxoroda hanafiylik mazhabi asosida taʼlim beriladigan ilk madrasani qurdirgan. Bu madrasa hozirgi Poyi Kalon mavzeida boʻlgan. Alloma uyidan madrasaga borishda bozor orqali o‘tganida uning haybatidan bozorchilarning shovqin-suroni toʻxtab qolar ekan[14][15].
Abu Hafs Kabir madrasasidan juda koʻp yetuk fiqhshunos olimlar, qozilar, avliyolar, imomlar yetishib chiqqan. Shu sababdan IX asrdan boshlab Buxoro „Qubbat ul-islom“ („Islom gumbazi“) nomi bilan shuhrat qozongan[6][8]. Xususan, Imom al-Buxoriy (810–870) madrasa taʼlimini ushbu oʻquv muassasida yakunlagan[6][16]. Buxorodagi ilk kutubxonalardan biri ham shu yerda tashkil qilingan deb taxmin qilinadi[17].
Tarixchi Herman Vamberi (1832–1913) va as-Saʼdiy oʻzining asarida Imom Abu Hafs Kabir Buxoriyning madrasasi islom olamining turli oʻlkalaridagi olimlar va talabalar orzu qilgan eng yaxshi madrasa bo‘lganini ta’kidlashgan[9][10][12][13].
Madrasa bilan bogʻliq ayrim tarixiy yodgorliklar hozirda saqlanib qolgan. Ayrimlari taʼmirlangan. Unda Buxoro inqilobiga qadar dars oʻtilgan[6][18].