![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/1/1f/Aucasaurus.jpg/640px-Aucasaurus.jpg&w=640&q=50)
Abelisauridae
From Wikipedia, the free encyclopedia
Abelisauridae (talaffuzi: Abelizavrid) — seratozavrlar guruhidan teropodli dinozavrlar turi (oilasi). Abelisauridaelar Gondvananing qadimgi janubiy superkontinentida boʻr davrida rivojlangan. Ular teropodlar orasida eng xilma-xil va geografik jihatdan keng tarqalgan turdir[1].
Abelisauridae | |
---|---|
![]() Aucasaurus skeleti | |
Ilmiy tasniflash![]() | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sudralib yuruvchilar |
Infrasinf: | Dinozavrlar |
Ularning qoldiqlari Afrika, Janubiy Amerika, Hindiston, Madagaskar va ehtimol Avstraliyada topilgan[1]. Portugaliyaning yura davridan va Fransiyaning boʻr davridan toshga aylangan tishlari ham qayd etilgan. Ilk Abelisauridae oʻrta yura davri boshida paydo boʻlib, kamida ikki avlodi (Marokash Chenanisaurusi va Madagaskar Majungasaurusi) mezozoy erasi oxirigacha omon qolgan[2] va 66 million yil oldin qirilib ketgan.
Ular juda kalta bilaklari, kichik bosh suyagi boshqa turlardan ajralib turadi. Janubiy Amerika turlari quyruq umurtqalarining koʻzga koʻringan koʻndalangligi bilan farq qiladi[2]. Abelisauridaelar mukammal oʻrganilishidan oldin, ularning qoldiqlari baʼzan Janubiy Amerika tiranozavrlari sifatida notoʻgʻri talqin qilingan[3].