Abel Ruiz Ortega (2000-yil 28-yanvarda tugʻilgan) — ispaniyalik professional futbolchi, Portugaliya Primeira Liga klubi „Braga“ va Ispaniya terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Tavallud sanasi ...
Abel Ruiz Ortega
Thumb
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2000-yil 28-yanvar
Tavallud joyi Almussafes, Ispaniya
Boʻyi 1.80
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Braga
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Yillar Jamoa
2008–2012 Valencia
Barcelona
Yopish

„Barcelona“da asosiy jamoada oʻynagan va 2020-yil yanvar oyida Bragaga koʻchib oʻtgan va u yerda 2021-yilda Portugaliyaning Taça kubogida gʻolib chiqqan.

Ruiz Ispaniyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida oʻyin oʻtkazish va gol urish boʻyicha rekord oʻrnatdi, Yevropa chempionatida 2016-yilda ikkinchi oʻrin va 2017-yilda birinchi oʻrinni va 2017-yilgi Jahon chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi. U 2021-yilda xalqaro miqyosdagi uchrashuvda debyut qilgan.

Klublardagi faoliyati

Barcelona

Valensiya jamoasining Almussafes shahrida tugʻilgan Ruiz 2012-yilda Valensiyadan „Barcelona“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan[1]. 2016-yilning 21-noyabrida u klub bilan shartnomasini yangiladi[2].

2017-yilning 9-aprelida Ruiz professional faoliyatidagi debyutini oʻtkazdi va Segunda B divizionida „Badalona“ga qarshi safarda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Shuningdek, u 2000-yillarda tugʻilganlar ichida maydonga tushgan birinchi futbolchiga aylandi[3].

Braga

2020-yilning 31-yanvarida Ruiz Portugaliyaning „Braga“ klubiga mavsumning qolgan qismi uchun majburiy sotib olish sharti bilan 8 million yevro evaziga ijaraga oʻtdi[4]. U 20-fevral kuni UEFA Yevropa ligasining 32-turi birinchi oʻyinida „Rangers“ ga qarshi oʻyinda safarda debyut qildi[5]. Mavsum davomida jami sakkizta oʻyin oʻtkazib, u oʻzining Primeiradagi birinchi golini 4-iyul kuni „Aves“ ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda urdi[6].

Terma jamoadagi faoliyat

Ruiz Ispaniyaning 17 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasidagi debyutini 2015-yil 25-oktabrda oʻtkazdi va 2016-yil 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Yevropa chempionati saralash bosqichida Andorraga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va birinchi golini urdi[7]. U Ozarbayjonda boʻlib oʻtadigan final bosqichida ham oʻz jamoadoshlaridan bir yosh kichik boʻlishiga qaramay[8], oʻzini har taraflama koʻrsatdi.

Ruiz musobaqani toʻrtta gol bilan yakunladi va kumush butsa bilan taqdirlandi va turnirning eng yaxshi 11 futbolchidan tuzilgan ramziy jamoasiga kiritildi[9]. 2017-yilda Xorvatiyada boʻlib oʻtgan oʻyinda u jamoaga sardorlik qildi va ushbu oʻyinda Ispaniya toʻqqizinchi chempionlikni qoʻlga kiritdi[10].

Faoliyatidagi statistikasi

Klub safida

Batafsil maʼlumot Klub, Mavsum ...
Klub Mavsum League National Cup League Cup Yevropa Boshqa Umumiy
Chempionat Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Barcelona B 2016-17 Segunda División B 2 0 2 0
2017-18 Segunda División 26 3 26 3
2018-19 Segunda División B 21 3 21 3
2019-20 Segunda División B 19 3 19 3
Jami 68 9 68 9
Barcelona 2018-19 La Liga 1 0 0 0 0 0 1 0
Braga (ijara) 2019-20 Primeira Liga 6 1 0 0 0 0 2 1 8 2
Braga 2020-21 Primeira Liga 25 3 7 7 3 1 4 0 39 11
2021-22 Primeira Liga 28 2 2 0 2 0 10 3 1 0 43 5
Jami 59 6 9 7 5 1 16 4 1 0 90 18
Faoliyatidagi umumiy natija 128 15 9 7 5 1 16 4 1 0 159 27
Yopish

Xalqaro

Batafsil maʼlumot Milliy terma jamoa, Yil ...
Terma jamoa safida yil boʻyicha oʻyinlari va gollari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ispaniya 2021-yil 2 0
Jami 2 0
Yopish

Yutuqlari

Klub bilan

Barcelona yoshlari

  • UEFA Yoshlar ligasi: 2017-18[11]

Barcelona

Braga

  • Taça de Portugaliya: 2020-21[12]

Terma jamoa bilan

Ispaniya U17

  • 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2017-yil[13] ikkinchi oʻrin: 2016-yil
  • FIFA 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi oʻrin sohibi: 2017

Ispaniya U18

  • Mediterranean Games: 2018

Ispaniya U19

  • 19 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2019-yil

Shaxsiy yutuqlari

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati kumush butsasi: 2016[14]
  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi: 2017[15]
  • FIFA U-17 Jahon chempionati bronza butsasi: 2017 (6 gol)
  • Mediterranean Gamesda eng yaxshi toʻpurar: 2018 (7 gol)
  • Taça de Portugaliyaning eng yaxshi toʻpurari: 2020-21 (7 gol)

Rekordlari

  • 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati finallari tarixidagi eng yaxshi toʻpurar: 8 ta gol (Amine Guiri va Odson Eduard bilan birgalikda)[16]
  • 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati tarixidagi eng yaxshi toʻpurar: 16 ta gol (Xose Gomes bilan boʻlishib)[17]
  • 17 yoshgacha boʻlgan Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi toʻpurar: 27 gol[18]
  • 17 yoshgacha boʻlgan Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi: 37 ta oʻyin

Manbalar

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.