taniqli oʻzbek jurnalisti From Wikipedia, the free encyclopedia
Abdurauf Qorjovov (1956-yil 21-sentyabr, Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2024-yil 7-may, Toshkent, Oʻzbekiston) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, uzoq yillar mobaynida MTRKning „Axborot“ dasturida faoliyat olib borgan. 2020-yildan esa „Yangi Oʻzbekiston“ gazetasida ishlab kelgan. „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan jurnalist“ (1994-yil) unvoniga hamda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni sohibi.
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (May 2024) |
Abdurauf Qorjovov | |
---|---|
Tavalludi |
21-sentyabr 1956-yil Payariq tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Vafoti |
7-may 2024-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbek SSR → Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti |
Abdurauf Qorjovov 1956-yil 21-sentyabr kuni Samarqand viloyatining Payariq tumanida tavallud topgan. 1981-yil Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetini tamomlagan[1].
1992—2019-yillar mobaynida Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida muxbir, bosh muharrir oʻrinbosari, bosh muharrir, direktor oʻrinbosari, „Oʻzbekiston 24“ teleradiokanali bosh muharriri kabi turli lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab „Oʻzbekiston ovozi“ („Sovet Oʻzbekistoni“) gazetasida musahhih, keyinroq muxbirlikdan boshlagan[2]. 1994-yilda „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan jurnalist“ unvoniga hamda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni taqdirlangan.
Abdurauf Qorjovov 2024-yil 7-may kuni 68 yoshida vafot etgan[3][4][5].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.