AFC U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichi 2016
From Wikipedia, the free encyclopedia
AFC U-16 Osiyo chempionati 2016 saralash bosqichi Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan tashkillashtirilgan yoshlar futbol musobaqasi hisoblanadi, ushbu saralash bosqichi AFC U-16 Osiyo chempionati 2016 musobaqasi uchun jamoalarni saralab beradi, bu musobaqada faqat 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar qatnashadi.
Umumiy maʼlumotlar | |
---|---|
Mezbon davlatlar |
![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
Sana | 2–20-sentabr 2015 |
Jamoalar | 45 (1 ta konfederatsiyadan) |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 61 |
Gollar soni | 341 (har oʻyinda oʻrtacha 5.59 ta) |
Muxlislar soni | 71 152 (har oʻyinda oʻrtacha 1 166 ta) |
Toʻpurar(lar) |
![]() ![]() (6 gol) |
← 2014 2018 → |
Final turnirida jami 16ta terma jamoa qatnashadi, unga Hindiston mezbonlik qiladi. Hindiston terma jamoasi toʻgʻridan toʻgʻri final bosqichida qatnashadi, ammo ushbu saralash boqichida ham bellashadi.[1]
Final bosqichining 4ta gʻoliblari 2017-yili Hindistonda boʻladigan jahon chempionatida ishtirok etadi (Hindiston jahon chempionatida avtomatik tarzda qatnashishini hisobga olsak, final bosqichining 5-oʻrini ham jahon chempionatida qatnashadi).