8-mart — Grigoriy taqvimida yilning 67- (kabisa yilida 68-) kuni. Yil yakuniga 298 kun qoladi.
Shuningdek : Turkum:8-mart bayramlari
Yana qarang: Turkum:8-mart voqealari
- 1618 — Nemis astronomi Iogann Kepler oʻzining sayyoralar harakatining uchinchi qonunini kashf qildi: sayyorlarning Quyosh atrofida aylanish vaqtlarining kvadrati ulardan Quyoshgacha boʻlgan masofaning kubi kabi nisbatlanadi. Kepler qonunlari Isaak Nyuton tomonidan butunjahon tortishish qonunining yaratilishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
- 1722 — Pyotr I ning farmoniga binoan Peterburgda ob-havoni muntazam ravishda kuzatish ishi yoʻlga qoʻyildi.
- 1759 — Parij parlamenti Deni Didroning „Ensiklopediya“sini qoralab chiqdi.
- 1802 — Nemis havaskor astronomi Genrix Olbers dastlabki mitti sayyora Sererani kashf qildi.
- 1809 — Ivan Krilovning „Masallar“ nomli birinchi kitobi dunyo yuzini koʻrdi. .
- 1862 — Nyu-Yorkda soʻnggi amerikalik qaroqchi — Nataniel Gordonni dorga osishdi.
- 1873 — Kanadaning shimoli-sharqiy hududlarida spirtli ichimliklar savdosi taʼqiqlab qoʻyildi.
- 1887 — Everett Xorton teleskopik qarmogʻi uchun patent oldi.
- 1900 — „Sanʼat dunyodi“ uyushmasi tuzildi, unga A. N. Benua, K. A. Somov, M. V. Dobujinskiy, N. K. Rerix, Ye. Ye. Lansere v. b. aʼzo boʻlishdi.
- 1944 — Bolqorlar deportatsiyasi boshlandi.