Grigoriy taqvimi (yoki yangi uslub) — Rim papasi Grigoriy XIII tomonidan Yulian taqvimi (eski uslub) oʻrniga 1582-yilda joriy etilgan taqvim. Perudjiy universiteti oʻqituvchisi Luidji Lilio 1576-yilda taklif etgan loyihaga binoan tuzilgan. Yulian taqvimida yoʻl qoʻyilgan xatolik tuzatilib hisob 10 kun oldinga surilgan. Bahorgi teng kunlik, yaʼni 21 martga toʻgʻri kelgan. Xatolik yana takrorlanmasligi uchun har 400 yilda kabisa yil 3 kunga qisqartirilgan, yaʼni 100 kabisa yili oʻrniga 97 kabisa yili joriy etilgan. Grigoriy taqvimiga koʻra oxirgi 2 raqami 4 ga boʻlinadigan yillar kabisa yillardir, lekin 2 nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yillar bundan mustasno, masalan, 1700-, 1800-, 1900- va 2100-yillar oddiy yil, 1600-, 2000-, 2400- va 2800-yillar esa kabisa yil hisoblanadi. Shu hisobda yilning davomiyligi 365, 242500 sutkani tashkil etib, tropik yilga qaraganda har yili 26 soniya ortib boradi va sal kam 3300-yilda 1 kun xato qilinadi. Grigoriy taqvimining birdan-bir noqulayligi oylardagi kunlar sonining har xilligidir. Sovet Ittifoqiga (shu jumladan, Oʻzbekistonda) Grigoriy taqvimi 1918-yil 14-fevraldan (eski uslubda 1-fevraldan) boshlab qabul qilingan.

Taqvim oylari

Batafsil maʼlumot Tartib raqami, Nomlanishi ...
Tartib raqami Nomlanishi Kunlar
1 Yanvar 31
2 Fevral 28 yoki 29
3 Mart 31
4 Aprel 30
5 May 31
6 Iyun 30
7 Iyul 31
8 Avgust 31
9 Sentabr 30
10 Oktabr 31
11 Noyabr 30
12 Dekabr 31
Yopish

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


Yanvar | Fevral | Mart | Aprel | May | Iyun | Iyul | Avgust | Sentyabr | Oktyabr | Noyabr | Dekabr

Wikiwand in your browser!

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.

Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.