![cover image](https://wikiwandv2-19431.kxcdn.com/_next/image?url=https://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/d/d4/6lack_2018.png/640px-6lack_2018.png&w=640&q=50)
6lack
From Wikipedia, the free encyclopedia
Ricardo Valdez Valentine Jr.(1992-yil 24-iyunda tugʻilgan) — professional darajada 6lack nomi bilan tanilgan amerikalik qoʻshiqchi va reper.
6lack | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Ricardo Valdez Valentine Jr.[1] 1992-yil 24-iyun Marilend shtati, Qo'shma Shtatlar |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | reper • qoʻshiqchi • muallif |
Leybl | Love Renaissance • Interscope |
Janr | R&B • hip hop |
Faoliyat yillari | 2011-yildan-hozirgacha |
Veb-sayt | 6lack.com |
U dastlab 2016-yil noyabr oyida chiqarilgan „Free 6lack“ debyut albomidan olingan taniqli „Prblms“ singli orqali eʼtirofga sazovor boʻldi[2]. U oʻzining ikkinchi albomi „East Atlanta Love Letter“ni 2018-yil sentyabr oyida chiqardi, u Billboard 200 chartida uchinchi oʻrinni egalladi. Oʻsha yilning oxirida u Khalid va Ty Dolla Sign bilan birgalikda „OTW“ singlini chiqardi. 6lack Normanining „Waves“ singlini birga kuylashdi va bu orqali u MTV Video Music Award mukofotiga sazovor boʻldi. 2020-yil iyun oyida u „6pc Hot“ EPsini chiqardi, unga (Lil Baby bilan kuylangan) „Know My Rights“ singli ham kiradi. Oʻsha yili u Elton John bilan „The Pink Phantom“ trekini birga kuyladi. 2021-yilda uning „Calling My Phone“ singli (Lil Tjay bilan) Kanadada birinchi oʻrinni egalladi va AQShda uchinchi oʻrinni egalladi.
6lack hozirda Love Renaissance va Interscope Records bilan shartnoma imzolagan. U, shuningdek, EarthGang va JID tomonidan asos solingan Atlanta-Baltimore musiqiy jamoasi Spillage Village aʼzosi. 6lack uchta Grammy mukofotiga nomzod boʻldi va MTV Video Music Awards mukofotiga sazovor boʻldi.