2013-yilgi UEFA ayollar chempionati
From Wikipedia, the free encyclopedia
2013-yilgi UEFA ayollar chempionati, odatda ayollar chempionati Evro-2013 deb ataladi, UEFA tomonidan ayollar milliy futbol jamoalari uchun 11-UEFA ayollar chempionatidir[2]. 2013-yilning 10—28-iyul kunlari Shvetsiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati[3] UEFA ayollar chempionati tarixidagi eng koʻp tomosha qilingan turnirga aylandi[4]. 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati finalida[5] Germaniya Norvegiya ayollar miliy terma jamoasini magʻlub etib ketma-ket oltinchi va umumiy sakkizinchi UEFA ayollar chempionati gʻolibi boʻldi[6].
Europamästerskapet i fotboll för damer 2013 | |
---|---|
UEFA ayollar chempionati kubogi | |
Umumiy maʼlumotlar | |
Mezbon davlat | Shvetsiya |
Sana | 10-28-iyul |
Jamoalar | 12 |
Bellashuv joylari | 7 (7 ta shaharda) |
Yakuniy natijalar | |
Chempionlar | Germaniya (8- marta) |
2-oʻrin | Norvegiya |
Statistika | |
Oʻyinlar soni | 25 |
Gollar soni | 56 (har oʻyinda oʻrtacha 2.24 ta) |
Muxlislar soni | 216 888 (har oʻyinda oʻrtacha 8 676 ta) |
Toʻpurar(lar) | Lotta Schelin (5 ta gol) |
Eng yaxshi oʻyinchi | Nadine Angerer[1] |
← 2009 2017 → |
Shvetsiya 2010-yilda UEFA Ijroiya Qoʻmitasi tomonidan 2013-yilgi UEFA ayollar chempionatiga mezbon sifatida tanlangan[7], yaʼni ularning jamoasi avtomatik ravishda 2013-yilgi UEFA ayollar chempionatiga yoʻllanma olgan[8]. Qolgan oʻn bitta jamoa 2011-yil martidan 2012-yil oktyabrgacha boʻlib oʻtgan 44 jamoa ishtirokidagi saralash musobaqasi orqali aniqlandi[7]. 2013-yilgi UEFA ayollar chempionati oxirgi marta oʻn ikkita jamoa ishtirok etgan turnir edi, chunki 2017-yildan boshlab UEFA ayollar chempionati oʻn oltita jamoani qamrab oladi[9].