1961-yilgi sport avtomobillari boʻyicha jahon chempionati FIA World Sportscar Championship avtopoygasining toʻqqizinchi mavsumi boʻldi. Sport avtomobillari boʻyicha jahon chempionati 1961-yilning 25-martidan 15-avgustiga qadar davom etdi[1]. Musobaqa davomida ishtirokchilar besh poyga seriyasi boʻyicha bahslashdi. Bosh sovrinni italiyalik ishlab chiqaruvchi Ferrari qoʻlga kiritdi. 1961-yilgi mavsum 12 Hours of Sebring poygasidan boshlanib, 4 Hours of Pescara poygasi bilan tugagan. Mavsum davomida italiya jamoasi Scuderia Ferrari 4 marotaba gʻalaba qozongan. Camoradi jamoasi yagona gʻalaba bilan ikkinchi oʻrinni egallagan[2].
Mavsum jadvali va natijalari
Kalendar
Bosqich | Sana | Poyga | Circuit | Avtodrom | Gʻolib poygachi | Gʻolib jamoa | Gʻalaba qozongan (poyga mashinasi) | Natijalar |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | Mart 25 | 12 Hours of Sebring | Sebring International Raceway | Sebring, Florida, Amerika Qoʻshma Shtatlari | #14 Scuderia Ferrari | Phil Hill Olivier Gendebien |
Ferrari 250 TR61 | Natijalar |
2 | Aprel 30 | Targa Florio | Delle Madonie avtodromi | Cerda, Sitsiliya, Italiya | #162 Scuderia Ferrari | Wolfgang von Trips Olivier Gendebien |
Ferrari 246 SP | Natijalar |
3 | May 28 | 1000km Nürburgring | Nürburgring avtodromi | Nürburg, Rhineland-Palatinate, Germaniya | #1 Camoradi USA | Masten Gregory Lloyd Casner |
Maserati Tipo 61 | Natijalar |
4 | Iyun10-11 | 24 Hours of Le Mans | Sarthe avtodromi | Le Mans, Sarthe, Fransiya | #10 Scuderia Ferrari | Phil Hill Olivier Gendebien |
Ferrari 250 TR61 | Natijalar |
5 | Avgust 15 | 4 Hours of Pescara | Pescara avtodromi | Peskara, Italiya | #4 Scuderia Centro Sud | Lorenzo Bandini Giorgio Scarlatti |
Ferrari 250 TR61 | Natijalar |
Jadval
Ballar 8-6-4-3-2-1 tartibida eng yaxshi 6 oʻringa berildi, biroq ishlab chiqaruvchi jamoalarga har bir poygada faqat eng yuqori marraga erishgan avtomobillari uchun ball berildi, boshqa avtomobillar tomonidan toʻldirilgan qoʻshimcha oʻrinlarga ball berilmadi.
Peskara poygasida yarim ochko berildi, chunki u toʻrt soat davom etgan, bu FIAning olti soat yoki 1000 km minimal talabidan kamroq edi.
Avtomobillar
Quyidagi avtomobillar chempionat davomida foydalanilgan: Ferrari 250 TR61 va Ferrari 246 SP, Maserati Tipo 61 va Maserati Tipo 63, Porsche 718 RS61, OSCA S1600. Barcha poygalar Grand Touring Car Cup taqvimiga ham kiritilgan. Ferrari 250 Testa Rossa bilan chempionatda ustunlik qildi. Sebring, Targa Florio, Le Mans va Peskarada gʻalaba qozondi, Nyurburgringda esa 1000 km masofada ikkinchi boʻldi, Maserati esa Tipo 61 bilan gʻalaba qozondi. Ushbu natijalardan soʻng Ferrari ketma-ket yettinchi jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.
Manbalar
Havolalar
Wikiwand in your browser!
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.