From Wikipedia, the free encyclopedia
Özlem Türeci (1967-yil 6-mart, Siegen ) - nemis immunologi, tadbirkor, akademik, olim va ishbilarmoni. Saraton tadqiqotlari boʻyicha tajribali tadqiqotchi Türeci BioNTech biotexnologiya kompaniyasining asoschilaridan biri va bosh shifokoridir. U Saraton Immunoterapiyasi Assotsiatsiyasi prezidenti boʻlib ham ishlaydi va Maynsdagi Yoxannes Gutenberg universiteti da maʼruzalar oʻqiydi. Türeci asos solgan kompaniya Ganymed Pharmaceuticals hozirda Yaponiyaning Astellas kompaniyasiga tegishli shuba korxonasi sifatida o'z faoliyatini davom ettirmoqda.
2021-yilning avgust oyida u turmush o‘rtog‘i Ug‘ur Shahin bilan birgalikda 14 milliard yevro boyligi bilan Germaniyaning eng boy 10 kishlari orasida 8-o‘rinni egalladi[1]. Shuningdek, u Forbes jurnalining “Dunyoning 100 ta eng kuchli ayoli 2021” roʻyxatida 48-oʻrinni egalladi.
U 1967-yil 6-martda G‘arbiy Germaniyaning Reyn-Vestfaliya shtatidagi Siegen shahrida Istanbuldan kelgan turk muhojir oilasda tug‘ilgan[2]. Uning otasi katolik shifoxonasida jarroh boʻlib ishlagan. Otasi ishlagan kasalxonada bemorlarga qaraydigan rohibalarga qoyil qolgan Türeci koʻp madaniyatli muhitda oʻsgan. Intervyularidan birida u o'zini " Prussiya turki" deb taʼriflagan[3].
Türeci bakalavriat taʼ'limini Saarland universiteti da tamomlagan. U 2001-yilda Maynsga koʻchib oʻtdi va Mayns universiteti kasalxonasida immun tizimini oʻzgartirilgan genetik kodlar bilan saratonga qarshi kurashishga qaratilgan tadqiqotlar olib bordi. U 2001-yilda Uğur Şahin bilan birga asos solgan kompaniyada faoliyatini davom ettirdi va kompaniyaga turkcha “ganimet” so‘zidan ilhomlanib “Ganymed” deb nom berdi. U 2002-yilda Turkiyadan kelgan hamkasbi Ug‘ur Shahinga turmushga chiqdi. Er-xotin immunitet tizimi va saraton hujayralarini oʻrganishni birgalikda davom ettirdi[4].
Ganymed 2016-ilda Yaponiyaning Astellas farmatsevtika kompaniyasiga sotilgan. 420 million yevro qiymatidagi ushbu savdo Germaniya tibbiyot sohasida oʻsha kunga qadar eng yuqori savdo boʻldi[5]. Bu savdo Özlem Tureci va Ugʻur Shahin juftligini Germaniyadagi eng boy odamlar qatoriga qoʻshdi.
Türeci 2008-yilda turmush oʻrtogʻi Uğur Şahin va avstriyalik immunolog va onkolog Kristof Xuber bilan BioNTech kompaniyasiga asos solgan. 2018-yilda Türeci kompaniyaning bosh shifokori bo‘ldi. 2020-yil holatiga koʻra 1300 nafar xodimga ega boʻlgan kompaniya dastlab saraton kasalligini davolash boʻyicha immunoterapiya ustida ishlagan. 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi paydo boʻlishi bilan kompaniya koronavirusga qarshi vaktsina topishga kirishdi. Özlem Türeci SARS-CoV-2 ga qarshi vaktsina ishlab chiqish tadqiqotlarida yetakchi rol oʻynadi. Vaksinani ishlab chiqishda BioNTech bilan hamkorlik qilgan AQShning Pfizer farmatsevtika kompaniyasi 2020-yil 9-noyabr kuni COVID-19 vaktsinasini ( BNT162) ishlab chiqarilganini eʼlon qildi va u 90% muvaffaqiyatga erishdi[6].
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.