User:Progint/sandbox/Sheki
From Wikipedia, the free encyclopedia
Sheki — Ozarbayjondagi shahar, Sheki tumanining ma’muriy markazi. 1963 yil 4 yanvaridan respublika tarkibiga kiritilgan. 1968 yilning 15 fevraliga qadar "Nuxa" deb nomlangan. Sheki tumanining ma’muriy markazi. Sovet davrida respublikaga bo’ysungan bo’lib, shahar maqomida bo’lgan. Hozirgi kunda Sheki tumani tarkibida bo’lsa-da, to’g’ridan-to’g’ri respublikaga bo’ysunadi. Ammo Sheki shahri ijro hokimiyati rahbarining vakolatlari ham Sheki tumaniga tegishlidir.
Progint/sandbox/Sheki |
---|
Sheki shahri respublikanıng shimoliy-g’arbida, Kish daryosining chap sohilida, dengiz sathidan 700 metr balandlikda , poytaxt Baku shahridan 370 km uzoqlikda, Buyuk Kavkaz tog’lari etaklarining janub tomonida, markaziy hududlardan uzoqroqdagi bir manzilda joylashgan. Shaharni qurshab olgan tabiat, purviqor tog’lar o’z go’zalligi bilan kishini o’ziga maftun etadi. Xon yaylovining tik yo’llarida shimol tarafdan shaharga yaqinlashganimizda ikki ulkan - Chaqqaldor və Ottal jarliklariga duch kelamiz. Sheki shahri murakkab tuzilishga ega. Sharqdan G’arbga oquvchi Qurkanadaryosii shaharni ikki qismga, yuqorisi Janub, boshqa qismi esa vodiyda yastangan Shimoliy tarafga ajratgan.
2007 yilgi ma’lumotlarga qaraganda Sheki shahrida 62499 kishi istiqomat qiladi. Bu esa Sheki tumani bilan birgalikda butun aholining 37,33%ini tashkil etadi. 2007 yil ma’lumotlarga asosan Sheki shahri aholisining 48,3% ini erkaklar, 51,7% ini esa ayollar tashkil etadi.[1][2]