Two Prudential Plaza
From Wikipedia, the free encyclopedia
Two Prudential Plaza – 64 qavatli osmonoʻpar bino boʻlib, Illinoys shtati, Chikagoning Loop hududida joylashgan. Balandligi 303 metrni tashkil etadi. 2022-yil holatiga koʻra Two Prudential Plaza binosi Chikagodagi yettinchi eng baland bino va AQShdagi eng baland 28-bino hisoblanadi[1]. 1990-yilda qurilgan bino dizayini Loebl Schlossman Hackl firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. Stiven T. Wright dizayn uchun mas’ul boʻlgan[2]. Bino 8 ta mukofotga sazovor boʻlgan, jumladan 1995-yilda Illinoys Strukturaviy muhandislar assotsiatsiyasining „Eng yaxshi tuzilma“ mukofotini qoʻlga kiritgan[3].
Qisqa faktlar Umumiy maʼlumot, Shahar ...
Two Prudential Plaza | |
---|---|
Two Prudential Plaza | |
2016-yil may oyida Two Prudential Plaza binosi | |
Umumiy maʼlumot | |
Shahar | Chikago |
Mamlakat | AQSh |
Koordinatalar | 41°53′08″N 87°37′22″W G O |
Qurilishi boshlangan | 1988-yil |
Qurilishi tugagan | 1990-yil |
Texnik holati | |
Qavatlar soni | 64 |
Dizayn va konstruksiya | |
Arxitektor firma | Loebl Schlossman & Hackl |
Asosiy pudratchilar | Turner Construction Company |
onetwopru.com | |
Two Prudential Plaza |
Yopish