Taylor Swift
amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis / From Wikipedia, the free encyclopedia
Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi[2], qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib[5], Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.
Taylor Swift | |
---|---|
Swift 2023-yilda | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
Taylor Alison Swift 13-dekabr 1989-yil (1989-12-13) (34 yosh) West Reading, Pennsilvaniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | |
Leybl |
|
Janr | |
Amplua | |
Faoliyat yillari | 2004 – hozirgacha |
Mukofotlari | Toʻliq roʻyxat |
Veb-sayt | taylorswift.com |
Imzosi | |
Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.
Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi[6][7]. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.