Skeytbording
From Wikipedia, the free encyclopedia
Skeytbording — Amerika Qoʻshma Shtatlarida paydo boʻlgan harakat sport turi boʻlib, u skeytbordda minish va tryuklarni bajarish, shuningdek, koʻngilochar mashgʻulot va transport turini oʻz ichiga oladi[1][2]. Bu sport turi yillar davomida koʻplab skeytbordchilar tomonidan shakllantirilgan va hissa qoʻshib kelinmoqda. 2009-yilgi maʼlumotlarga koʻra skeytbording bozorining yillik daromadi taxminan 4,8 milliard dollarni tashkil etishi va dunyoda 11,08 million faol skeytbordchilar borligi aniqlangan[3]. 2016-yilda ilk bor Tokioda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga kiritilishi va turli jins vakillari uchun alohida musobaqalar oʻtkazilishi eʼlon qilindi[4].
Brooklyn, New Yorkdagi Barclays Center oldida skeytbordchi (2019) | |
Xarakteristikalari | |
---|---|
Aralash jins | Turli jins vakillari uchun alohida |
Olimpik oʻyin | 2020 |
Mintaqa | Dunyo boʻylab |
1970-yillardan boshlab skeytparklar skeytbordning turli xil yoʻnalishi bilan shugʻullanadiganlar uchun va yaqindan boshlab skuter uchadiganlar uchun ham qurilgan va quilib boryabdi[5]. Biroq, skeytbording sport turi bilan baʼzi noqonuniy joylarda, masalan, yoʻl chetlari, zinapoyalar, oʻrindiqlar va bogʻlarda shugʻullanish orqali ularga zarar yetkazilayotgani hali ham munozarali bahs boʻlib qolmoqda[1][6].