Radiohead
From Wikipedia, the free encyclopedia
Radiohead (talaffuzi: reydiyohed) 1985-yil Oksfordshirda asos solingan ingliz rok guruhidir. Guruh Thom Yorke (vokal, gitara, pianino, klavishlar); aka-uka Jonny Greenwood (gitara, klavishlar va boshqa musiqiy asboblar) va Colin Greenwood (bas); Ed OʻBrien (gitara, bek vokal); Phillip Selway (baraban, perkussionist) kabi musiqachilardan tashkil topgan. 1994-yildan buyon prodyuser Nigel Godrich va albomlar uchun kaver-surat chizuvchi rassom Stanley Donwood bilan hamkorlik qilib keladi.
Radiohead | |
---|---|
Radiohead 2010-yillar o'rtalarida. Chapdan o'ngga: Thom Yorke, Johnny Greenwood, Colin Greenwood, Ed O'Brien, va Philip Selway | |
Umumiy maʼlumot | |
Kelib chiqishi | 1985-yil (Oksfordshir, Angliya) |
Mamlakat | Birlashgan Qirollik |
Faoliyat yillari | 1985 — hozirgacha |
Janr |
Art Rok[4] Alternativ rok[8] Elektronika[11] Eksperimental rok[14] |
Leybl |
EMI Parlophone Capitol XL |
Tarkib |
Thom Yorke Jonny Greenwood Ed OʻBrien Colin Greenwood Phil Selway |
Vebsayt | radiohead.com |
Radiohead 1991-yil EMI leybli bilan shartnoma imzolab, 1993-yil Pablo Honey deb nomlangan ilk albomini taqdim etgan. "Creep" nomli ilk singli jahon miqyosidagi xitga aylangan. Guruhning mashhurligi 1995-yildagi The Bends albomi taqdim qilingandan soʻng tobora ortib bordi. Radioheadning uchinchi OK Computer (1997) albomi guruhga xalqaro mashhurlik keltirgan va oʻzining murakkab ijro uslubi hamda jamiyatdan uzoqlashuv mavzusidagi qoʻshiqlari sabab, albom zamonaviy musiqiy albomlar orasidagi eng yaxshilaridan biri deya tan olingan.
Radioheadning toʻrtinchi albomi Kid A (2000) oʻzining guruh uchun noodatiy jaranglashi bilan ajralib turadigan va elektron musiqa, jaz, klassik musiqa, kraut rok taʼsiri koʻproq seziladigan albom sifatida tanilgan. Tinglovchilar orasida Kid A haqidagi fikrlar turlicha boʻlsada, keyinchalik bir necha nashrlar tomonidan oʻn yillikning eng yaxshi albomi sifatida tan olingan. Keyingi albom Amnesiac (2001) ham oʻsha vaqt oraligʻida taqdim etilgan. Hail to the Thief (2003) guruhning rok va elektron musiqa jarangini birlashtirgan, oʻzining terrorizmga qarshi kurash haqidagi qoʻshiq matnlari va EMI leyblidagi soʻnggi albomi boʻlganligi bilan mashhurdir.
Guruh oʻzining yettinchi va leybl yordamisiz, mustaqil taqdim qilgan In Rainbows (2007) albomini musiqiy chartlarda yuqori oʻrinlarga chiqish uchun, muxlislar oʻzi narx belgilab internetdan yuklab oladigan shaklda eʼlon qiladi. Sakkizinchi albom The King of Limbs (2011) deb nomlanadi. A Moon Shaped Pool (2016) nomli toʻqqizinchi albom, guruh aʼzosi Jonny Greenwoodning orkestr cholgʻulashtirishi bilan taqdim etiladi. Guruh aʼzolari karyerasi davomida yakkaxon albomlar ham taqdim qilishgan; 2021-yil Thom Yorke va Jonny Greenwood yangi The Smile nomli guruhda debyut qilishdi.
Radiohead 2011-yil holatiga koʻra butun dunyoda 30 milliondan ortiq albom sotgan. Guruh hozirgi kungacha olti marta Grammy va toʻrt marta Ivor Novello mukofotlarini qoʻlga kiritib, Mercury Prize mukofotiga 5 marta nomzodi qoʻyilishiga muvaffaq boʻlgan. Radioheadning „Creep“ (1992), „Street Spirits (Fade Out)“ (1996), „Paranoid Android“ (1997), „Karma Police“ (1997), „No Surprises“ (1998), „Pyramid Song“ (2001) va „There There“ (2003) kabi yettita singli UK Singles Chartning top-10 taligiga kirgan. Rolling Stone jurnali guruhni tarixdagi eng buyuk 100 artist roʻyxatiga va guruhning beshta albomini Rolling Stone jurnali talqinidagi tarixdagi 500 eng buyuk albomlar roʻyxatiga qoʻshgan, jurnal muxlislari esa Radioheadni 2000-yillarning ikkinchi eng yaxshi ijrochilari deya tan olgan.