Rabdomioliz
From Wikipedia, the free encyclopedia
Rabdomioliz shikastlangan skelet mushaklarining tezlik bilan parchalanish holati hisoblanadi.[1] Rabdomioliz mushak ogʻrigʻi, holsizlik, qusish va karaxtlik simptomlari bilan birgalikda kechadi.[1][2] Rabdomiozda eng keng tarqalgan belgilaridan siydikning choy rangida (goʻsht yuvindisi rangida) boʻlishi hamda yurak ritmining buzilishi kuzatiladi.[1] Mushak tarkibidagi mioglobin oqsilining parchalanish mahsulotlari buyraklar uchun zararli hisoblanadi hamda buyrak yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin.[1]
Rabdomioliz | |
---|---|
Rabdomioliz bilan kasallangan bemorning bemorning siydigida mioglobinuriya natijasida siydikning boʻyalishi | |
Belgilari | mushak ogʻrigʻi, holsizlik, karaxtlik, qusish, choy rangidagi siydik, notoʻgʻri ritm |
Mutaxassislik | Nefrologiya |
Sabablari | Mushak ezilishi, ogʻir jismoniy mashqlar, dori vositalari, baʼzi infeksiyalar |
Tashxis usullari | Qon tahlili (kreatin kinaza), siydik tahlili |
Davolash | Infuzion terapiya, dializ, gemofiltratsiya |
Prognoz | AQSH boʻyicha yilida 26 000 bemor aniqlanadi |
Mushaklar ezilishi koʻpincha travmalar natijasida, ogʻir jismoniy mashqlar, dori vositalari yoki turli moddalarni istemol qilish natijasida yuzaga kelishi mumkin. Shuningdek, baʼzi bir infeksiyalar, elektr shikastlanishlari, issiqlik urishi, uzoq vaqtli immobilizatsiya, oyoq-qoʻllarda qon aylanishning buzilishi yoki ilon chaqishlari natijasida ham ushbu holat yuzaga kelishi mumkin.[1] Statinlar kichik xavfni tashkil etadi. Baʼzi bir odamlar rabdomioliz xavfini oshiradigan irsiy mushak kasalliklariga ega boʻlishi mumkin.[3] Tashxis qon biokimyoviy tahlilidan soʻng, siydik tekshiruvu bilan tasdiqlanadi. Ammo siydik mikroskopda tekshirilganda siydikda qizil qon tanachalari aniqlanmaydi.[1] Qonning biokimyoviy tahlilida kreatinin kinaza faolligi 1000U/L dan yuqori, ogʻir holatlarda esa 5000-15 000 U/L dan ham yuqori ekanligini ifodalaydi.[4]
Davolashning asosiy usuli sifatida tomir ichiga koʻp miqdorda turli eritmalar quyiladi.[2][5] Ogʻirroq holatlarda dializ yoki gemofiltratsiya amalga oshiriladi. Kasallik oʻz vaqtida aniqlanib, davo choralari koʻrilsa bemor sogʻayib ketishi mumkin.[1] Amerika Qoʻshma Shtatlarida har yili rabdomioliz taxminan 26000 kishida uchraydi. Bu holat (kelib chiqishi) tarix davomida izohlangan boʻlsada, birinchi toʻliq tasdigʻini topgan taʼrif 1908-yildagi zilziladan soʻng berilgan.[6] Zilziladan soʻng koʻplab odamlar mushaklarida ezilishlar kuzatiladi va barchasida deyarli bir xil simptomlar kuzatiladi. Ushbu kasallik mexanizmi 1940-1941-yillarda boʻlib oʻtgan urushlardan soʻng aniqlanadi.[7]