Qadimgi yunon ibodatxonalari
From Wikipedia, the free encyclopedia
Yunon ibodatxonalari qadimgi yunon dinida yunon mehroblari ichida xudo haykallarini joylashtirish uchun qurilgan inshootlar boʻlgan. Ibodatxonaning ichki qismlari yigʻilish uchun xizmat qilmagan, chunki tegishli xudoga bagʻishlangan qurbonliklar va marosimlar ulardan tashqarida, ibodatxonaning tashqarisida kengroq hududida boʻlib oʻtgan. Ibodatxonalar koʻpincha nazrlarni saqlash uchun ishlatilgan.Bunday turdagi ibodatxonalar yunon meʼmorchiligida eng muhim va eng keng tarqalgan qurilish uslublaridandir. Janubi-gʻarbiy Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinistik qirolliklarida ibodatxona vazifalarini bajarish uchun qurilgan binolar koʻpincha mahalliy maqsadlarda foydalanilgan. Hatto yunonlar taʼsiri koʻrinadigan joylarda ham bunday tuzilmalar odatda yunon ibodatxonalari hisoblanmaydi. Masalan, Grek-Parfiya va Baqtriya ibodatxonalariga yoki Misr uslubiga oʻxshab ketgan Ptolemey ibodatxonasini aytish mumkin. Koʻpgina yunon ibodatxonalari astronomik maqsadlarda foydalanilgan.[1]
Miloddan avvalgi 9-asr va 6-asrlar oraligʻida qadimgi yunon ibodatxonalari kichik loy gʻishtli inshootlardan har tomondan ustunli ikki ayvonli monumental „peripteral“ binolar qilib qurilgan, aksariyatining balandligi 20 metrdan oshadi (tomni hisobga olmaganda). Stilistik jihatdan ular mintaqaviy arxitektura qoidalari asosida qurilgan. Dastlab faqat Doric va Ionic qonun-qoidalarida farq boʻlgan boʻlsa, uchinchi muqobil farq miloddan avvalgi 3-asr oxirida Korintian qoidalarida paydo boʻldi.Miloddan avvalgi 3-asrdan katta ibodatxonalarning qurilishi kamaydi, miloddan avvalgi 2-asrdan keyin qisqa vaqt ichida gullab yashnadi va miloddan avvalgi 1-asrda deyarli butunlay toʻxtadi. Shundan soʻng, faqat kichikroq bino;ar qurila boshlandi, eski ibodatxonalar esa taʼmirlanishda davom etdi yoki tugallanmagan holatda yoʻq boʻlib ketaverdi.
Yunon ibodatxonalari asosan ustunlarning pastki diametri yoki poydevor sathlarining oʻlchamlari bilan belgilanadigan nisbatlarga muvofiq ishlab chiqilgan va qurilgan. Shunday qilib erishilgan asosiy dizaynlarning deyarli matematik qatʼiyligi optik takomillashtirish orqali yengillashtirildi. Hali ham keng tarqalgan ideallashtirilgan tasvirga qaramay, yunon ibodatxonalari yorqin qizil va koʻk ranglar qurilish toshlari yoki gumbaz oqiga qarama-qarshi boʻlishi uchun boʻyalgan. Koʻp ibodatxonalar pedimentda boʻrtma va haykallar koʻrinishidagi juda boy figurali bezaklar bilan jihozlangan. Ibodatxonalar qurilishi odatda shaharlar yoki ziyoratgohlar maʼmuriyati tomonidan tashkil etilgan va moliyalashtirilgan. Xususiy shaxslar, ayniqsa ellinistik hukmdorlar ham bunday binolarga homiylik qilishlari mumkin edi. Oxirgi ellinistik davrda ularning moliyaviy boyligining kamayib borishi, amaldorlari va hukmdorlari homiy sifatida qabul qilingan Rim davlati tarkibiga yunon dunyosining izchil qoʻshilishi bilan birga, yunon ibodatxonalari qurilishining tugashiga olib keldi. Yangi ibodatxonalar endi Rim ibodatxonasi anʼanalariga tegishli boʻlib, u juda kuchli yunon meʼmorchiligi taʼsiriga qaramay, turli maqsadlarni koʻzlagan va turli estetik tamoyillarga amal qilgan.
Asosiy ibodatxona binosi kattaroq uchastka yoki temenos ichida joylashgan boʻlib, odatda peribolos panjara yoki devor bilan oʻralgan.Bu joy odatda „muqaddasgoh“ deb ataladi. Afinadagi Akropol bunga eng yorqin misoldir, garchi u yerda ibodatxona qurilishidan oldin qal'a sifatida foydalanilib, devor bilan oʻralgan boʻlsa ham. Bunga koʻplab yordamchi binolar, muqaddas bogʻlar yoki buloqlar, xudoga bagʻishlangan hayvonlar va baʼzan baʼzi ibodatxonalar kiradi.[2]