Osiyodan kelgan amerikaliklar
From Wikipedia, the free encyclopedia
Osiyolik amerikaliklar osiyodan koʻchib kelgan amerikaliklar hisoblanadi. (shu jumladan, Osiyoning muayyan mintaqalaridan kelgan muhojirlar va ularning avlodlari boʻlgan naturalizatsiya qilingan amerikaliklardir)[1]. Garchi bu atama tarixan Osiyo qitʼasining barcha mahalliy xalqlari uchun qoʻllanilgan boʻlsa-da, Amerika Qoʻshma Shtatlari aholini roʻyxatga olish byurosi tomonidan „osiyolik“ atamasidan foydalanish Osiyoning ayrim qismlarida, shu jumladan etnik kelib chiqishi Gʻarbiy Osiyodan boʻlgan odamlarni istisno qiladi. Yaqin Sharq amerikaliklari sifatida[2][3] va Afgʻonistondan boʻlganlar oʻzlarini Markaziy Osiyodan kelgan amerikaliklar, yaqin Sharqdan kelgan amerikaliklar yoki Janubiy Osiyodan kelgan amerikaliklar deb hisoblashlari mumkin.“Osiyo” aholini roʻyxatga olish toifasiga aholini roʻyxatga olishda oʻz irqini “osiyolik” deb koʻrsatgan yoki “xitoylik, hindistonlik, filippinlik, vetnamlik, indoneziyalik, koreyslik, yaponiyalik, pokistonlik, malayziyalik va boshqa Osiyo mamlakatidan ekanligi haqida maʼlumot qayd qilingan odamlar kiradi[4]. 2020-yilda faqat osiyolik (19 886 049) yoki boshqa irqlar bilan birgalikda (4 114 949) bu son AQSh aholisining 7,2 foizini tashkil etdi[5].
Xitoy, Hind va filippinlik amerikaliklar mos ravishda 5 million, 4,3 million va 4 million kishi bilan Osiyodan kelgan Amerika aholisining eng katta qismini tashkil qiladi. Bu raqamlar umumiy Osiyodan kelgan Amerika aholisining mos ravsihda 23%, 20% va 18%ini yoki AQSh umumiy aholisining 1,5% va 1,2% ni tashkil qiladi[6].
Osiyodan kelgan muhojirlar XVII asrdan beri zamonaviy Qoʻshma Shtatlarning ayrim hududlarida mavjud boʻlgan boʻlsa-da, keng koʻlamli immigratsiya XIX asrning oʻrtalariga qadar boshlanmadi. 1880—1920-yillardagi nativistik immigratsiya qonunlari turli Osiyo guruhlarini chiqarib tashladi va oxir-oqibat deyarli barcha osiyoliklarning Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib borishini taʼqiqladi. 1940—1960-yillarda immigratsiya qonunlari isloh qilinib, milliy kelib chiqish kvotalari bekor qilingandan soʻng, Osiyo immigratsiyasi tez sur'atlar bilan oʻsdi. 2010-yildagi aholini roʻyxatga olish tahlillari shuni koʻrsatdiki, osiyodan kelgan amerikaliklar AQShda eng tez oʻsayotgan irqiy guruh hisoblanadi[7].