MacBook Pro
Apple shirkati mahsuloti / From Wikipedia, the free encyclopedia
MacBook Pro — Apple Inc. tomonidan ishlab chiqarilgan Mac noutbuklari seriyasi. 2006-yil yanvar oyida taqdim etilgan boʻlib, MacBook oilasida yuqori segmentda joylashgan. Hozirda u 13 dyuym, 14 dyuym va 16 dyuym oʻlchamli ekranlar bilan ishlab chiqariladi. Ularning barchasida Apple silicon-M seriyali chiplaridan foydalanilgan[3].
16 dyuymli MacBook Pro M1 2021 | |
Ishlab chiqaruvchi |
Foxconn[1] Pegatron[2] |
---|---|
Mahsulot oilasi | Mac |
Turi | Laptop |
Chiqarilgan sanasi | 10-yanvar, 2006-yil (18 yil avval) (2006-01-10) |
Operatsion tizimi | macOS |
Chipda tizim |
|
Protsessor |
|
Avvalgisi | PowerBook |
Aloqador maqolalar | |
Vebsayt | apple.com/macbook-pro |
MacBook Pro noutbukida PowerBook G4 dizaynidan foydalanilgan, ammo PowerPC G4 chiplarini Intel Core protsessorlari bilan almashtirilgan, veb-kamera qoʻshilgan va MagSafe quvvat ulagichini oʻrnatilgan. 15 dyuymli model 2006-yil yanvar oyida, 17 dyuymli model esa shu yil aprel oyida taqdim etilgan. Keyingi versiyalarga Intel Core 2 Duo protsessorlari va LED yoritgichli displeylar qoʻshildi[4].
Unibody modeli 2008-yil oktyabr oyida 13 va 15 dyuymli variantlarda sotuvga chiqarildi, 2009-yil yanvar oyida esa 17 dyuymli variant qoʻshildi. Korpusi yaxlit alyuminiy boʻlagidan ishlangani uchun „yaxlit korpusli“ deb nom oldi. U yupqaroq, tekis displeyga, butun yuzasi bitta bosiladigan tugmadan iborat boʻlgan trekpadga va qayta ishlangan klaviaturaga ega edi. Yangilanishlar Intel Core i5 va i7 protsessorlarini olib keldi va Intel Thunderbolt protsessori bilan taqdim etildi[5].
Retina MacBook Pro 15 dyuymli modeli 2012-yil iyun oyida, 13 dyuymli modeli shu yil oktyabr oyida taqdim etilgan. U avvalgisidan yupqaroq, SSD standartiga moslangan, HDMI slot qoʻshilgan va yuqori aniqlikdagi Retina displey bilan jihozlandi. Ethernet, FireWire portlari va optik disk sloti olib tashlandi[6].
2016-yil oktyabr oyida chiqarilgan MacBook Pro maʼlumot almashish va quvvatlanish uchun moʻljallangan USB-C portlari bilan ishlab chiqarildi va sayozroq „butterfly“ mexanizmli klaviatura bilan taqdim etildi. Asosiy modeldan tashqari barcha modellarda funksiya va yoqish tugmalari oʻrniga Touch ID sensor ekranli chiziq bilan almashtirildi[6].
2019-yil noyabr oyida taqdim etilgan MacBook Pro Touch Bar yangi versiyasida „qaychi“ mexanizm asosidagi klaviatura — Magic Keyboard bilan taqdim etildi. 2020-yil may oyida ekrani torroq ramkalarda oʻrnatilgan 16 dyuymli dastlabki modeldan keyin, 13 dyuymli model paydo boʻldi. Sensorli panel ham oʻzgartirildi, foydalanuvchilar ESC tugmachasi yoʻqolib qolgani va kompyuter oynasidan chiqmasligi haqida shikoyat qilishgan. Shu sababli, Touch Bar chiqishidan oldin standart boʻlganidek, butun tugma sifatida qaytarildi[7].
MacBook Pro Touch Bar yana bir versiyasi 2020-yil noyabr oyida chiqarilgan. Bu Apple tomonidan ishlab chiqilgan Apple M1 tizimida ishlaydigan birinchi MacBook Pro edi[6].
14 va 16 dyuymli MacBook Pro ikkalasi ham 2021-yil oktyabr oyida chiqarilgan. M1 Pro yoki M1 Max chiplari bilan quvvatlanadi. Ular faqat chipdagi Apple silicon tizimida ishlaydi. Ushbu modellarda MagSafe, funksional klavishlar va MacBook Pro Touch Bardan olib tashlangan baʼzi boshqa elementlar qaytarildi[6].
Qayta ishlangan MacBook Air M2 bilan bir qatorda, Apple 14 va 16 dyuymli MacBook Pro modellarini Apple M2 chipi bilan yangiladi. Modellar, audio tizimiga oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa-da bir xil shassiga ega: Spatial Audio bilan mos keladigan dinamiklar va yuqori impedansli minigarnituralarni qoʻllab-quvvatlaydigan eshitish tizimi bilan taʼminlandi[6][8].