Jigar ensefalopatiyasi
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jigar ensefalopatiyasi — asosan virusli gepatitlar, leptospiroz, sepsis, jigar sirrozi va boshqa kasalliklar bilan kombinatsion holda kuzatiladigan gepatologik patologiya[3]. Jigar ensefalopatiyasida jigar hujayralarining (gepatotsidlarning) koʻp qismi parchalanib yemiriladi, jigar nekrozga uchraydi, natijada jigar funksiyasi ishdan chiqadi[4]. Kasallik vaqtida birinchi navbatda jigarning turli moddalarni zahardan tozalash va moddalar almashinuvi jarayonida bevosita ishtirok etishini taʼminlaydigan xususiyatlari izdan chiqadi[5]. Shu sababdan zaharli moddalar qonga oʻtadi, soʻngra moddalar almashinuvi buziladi va organizmda atsidoz holati yuz beradi, jigar ensefalopatiyasining ilk belgilari paydo boʻla boshlaydi[6].
Jigar ensefalopatiyasi | |
---|---|
Jigar ensefalopatiyasida uchraydigan altsgeymer II tipdagi astrotsitlar (kattalashtirilgan mikrografiya) | |
Mutaxassislik | Yuqumli kasalliklar |
Turlari | Oʻtkir, takrorlanuvchi, doimiy[1] |
Sabablari | Virusli gepatitlar, Leptospirozlar, Sepsis, Jigar sirrozi |
Tashxis usullari | Jigar ensefalopatiyasi |
Differensial tashxis | Vernike-Korsakoff sindromi, oq isitma, gipoglikemiya, subdural gematoma, giponatremiya[2] |
Davolash | Infuzion terapiya, parhez, antibiotiklar |
Dori-darmonlar | Laktuloza, rifaksimin |
Prognoz | Ogʻir bosqichida bemor bir yildan kamroq yashaydi |
Takrorlanishi | Jigar sirrozi bilan kasallangan bemorlarda 40% |
Jigar ensefalopatiyasini tizimli davolash usuli orqali butkul davolash mumkin[7]. Tizimli davolash odatda, qoʻshimcha dori-darmonlar yordamida qoʻzgʻatuvchi omillarni yoʻq qilish orqali amalga oshiriladi. Jigar transplantatsiyasi kasallikning ogʻir bosqichidagi bemorlarga tavsiya qilinadi[7].
Jigar sirrozi bilan kasallangan odamlarning 40% dan ortigʻida jigar ensefalopatiyasi kuzatiladi[8]. Jigar sirrozi va Gepatit E bilan kasallangan bemorlarning yarmidan koʻpi kasallikdan soʻng bir yildan kamroq umr koʻrishadi[9]. Jigar transplantatsiyasi amalga oshirilgan bemorlarda kasallik tufayli oʻlim xavfi keyingi besh yil ichida 30% ga kamaygan[10].