Imomqulixon
From Wikipedia, the free encyclopedia
Imomqulixon ibn Dinmuhammadxon (chigʻatoycha: ; 1589, Buxoro xonligi — 1644, Makka yaqinidagi Arafot togʻi, Usmoniylar imperiyasi) — Ashtarxoniylar sulolasining vakili va Buxoro xonligi hukmdori (1611—1642), sarkarda.
Imomqulixon | |
---|---|
Imomqulixon portreti | |
Buxoro xonligi hukmdori | |
Mansab davri 1611-yil – 1642-yil | |
Oʻtmishdoshi | Vali Muhammadxon |
Vorisi | Nadr Muhammad |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1589-yil Buxoro xonligi |
Vafoti |
1644-yil Makka yaqinidagi Arafot togʻi, Usmoniylar imperiyasi |
Fuqaroligi | Buxoro xonligi |
Ota-onasi |
Imomqulixon xonlikni markazlashtirib, mamlakat mudofaasini mustahkamlashga harakat qilgan. U Buxoro xonligi hududiga shimol tomondan xavf solgan qalmoqlar, jungʻorlarga qarshi muvaffaqiyatli janglar olib borgan. Xonlik hududidagi bir qancha oʻzboshimcha amaldorlar va hokimlar harakatini bostirgan[1].
Imomqulixon hukmronligi davrida Rossiya, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan faol tashqi siyosat olib borgan. Jumladan, Turkiyada hukmronlik qilgan Usmoniylar imperiyasi hukmdori Ahmad I va Murod IV, Hindistonda Boburiylar sulolasi vakillari Jahongir va Shoh Jahon, Rossiyada Romanovlar sulolasi hukmdori Mixail Fyodorovich bilan faol diplomatik munosabatlarni oʻrnatgan.
Uning davrida mamlakatda koʻplab bunyodkorlik ishlari olib borilgan. Jumladan, Buxoroda Poyandabiy masjidi, Mavlona Miskin madrasasi[2], Nodir devonbegi xonaqohi[3], Nodir devonbegi madrasasi[4], Magʻoki Koʻrpa masjidi, Mehtar Orif madrasasi[5], Samarqandda esa Qozi Soqi madrasasi[6], Sherdor madrasasi[7], Sayyid Ahmadxoja madrasasi[8], Tillakori madrasasi[9] qurilgan.
Imomqulixonning 31 yillik[10][11] hukmronlik faoliyati davomida xonlikning mavqei koʻtarilgan va mamlakatda siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik yaxshilangan[12]. Manbalarda Imomqulixonning hukmronlik davri Husayn Boyqaro davri bilan qiyoslangan[10].