Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik
From Wikipedia, the free encyclopedia
Jonivorlarga nisbatan shafqatsizlik jonivorlarga zoʻravonlik qilish, jonivorlarga beparvolik deb ham ataladi, bu beparvolik (eʼtiborsizlik) odamlar tomonidan odam boʻlmagan jonivorlarga azob berish yoki zarar yetkazishni anglatadi. Toʻgʻrirogʻi, oʻyin-kulgi, muayyan yutuq uchun hayvonlarni oʻldirish kabi holatlar uchraydi; hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik baʼzan zoosadizm deb taʼriflangan sababsiz va joʻrttaga jonivorlarga ozor berishni anglatuvchi atamani ham oʻz ichiga oladi.
Jonivorlarga nisbatan shafqatsizlikka oid qonunlarga turlicha yondashuvlar dunyoning turli yurisdiksiyalarida uchraydi. Masalan, baʼzi mamlakatlarda hayvonlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak yoki boshqa mahsulotlar olish uchun oʻldirish usullari qonunlashtiriladi, boshqalarida esa jonivorlarni oʻyin-kulgi, taʼlim, tadqiqot uchun yoki uy hayvonlari sifatida saqlash koʻzda tutiladi. Jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlish masalasiga bir qancha konseptual yondashuvlar mavjud.
Garchi jonivorlarga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlish nuqtai nazaridan baʼzi amaliyotlar shafqatsiz deb eʼtirof etilgan boʻlsada, hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik oʻzi nima ekanligi toʻgʻrisida turli xalqlar va madaniyatlar bir xil taʼrifga ega emas. Masalan, bir guruh odamlar choʻchqaning dumini anesteziyasiz tugib qoʻyish (tail docking) shafqatsizlikning bir koʻrinishi deya daʼvo qilsa, boshqalar bu choʻchqaning hayotida keyinchalik sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zararlanish holatining oldini olish uchun yoʻlga qoʻyilgan goʻsht ishlab chiqarish sanoatining odatiy usuli deb hisoblashadi. Bundan tashqari, jonivorlarga nisbatan shafqatsizlikni tartibga soluvchi qonunlar har bir millatda farq qiladi. Masalan, yuqoridagi amaliyot Qoʻshma Shtatlarda odatiy jarayon sanalsa, Yevropa Ittifoqida muntazam amaliyotning bir qismi sifatida choʻchqaning dumini qoʻyish tugib qoʻyish[1].
Aytib oʻtish mumkinki, hayvonlardan oziq-ovqat, kiyim-kechak olish, o'yin-kulgi va tadqiqotlar oʻtkazish kabi insoniy maqsadlarda foydalanishning hech qanday yomon tomoni yoʻq, lekin bu keraksiz ogʻriq va azob-uqubatlarni minimallashtiradigan tarzda amalga oshirilishi kerak, shundaguna buni „insoniylik“ deb atash mumkin[1].
Utilitar advokatlar xarajat va foyda nuqtai nazaridan bahslashadilar va jonivorlarga ruxsat etilgan muomala toʻgʻrisida ularning xulosalari bir-birinikidan farq qiladi. Baʼzi utilitarlar hayvonlarning farovonligi pozitsiyasiga yaqinroq boʻlgan zaifroq yondashuvni, boshqalari esa jonivorlar huquqlariga oʻxshash pozitsiyani taʼkidlaydilar. Jonivorlar huquqlari nazariyotchilari bu pozitsiyalarni tanqid qilib, „keraksiz“ va „insoniy“ soʻzlari oʻta xilma-xil talqinlarga olib kelishini, shuningdek, hayvonlar oʻzgarmas huquqlarga ega ekanliklarini taʼkidlaydilar. Ularning taʼkidlashicha, jonivorlardan turli maqsadlarda foydalanishning oʻzi keraksiz amaliyot boʻlib, azob-uqubatlarga sabab boʻladi. Shuning uchun hayvonlarni himoya qilishning yagona yoʻli ularning mulkiy maqomiga chek qoʻyish hamda ularga hech qachon modda yoki jonsiz mavjudot sifatida qaralmasligini taʼminlashdir.